Tonirovka uçun onlayn ariza beriş va 10 foizlik çegirma
"Tonirovka" ruxsatnomasi uçun onlayn ariza yuboriş imkoni yaratiladi. Natijada tölovi 10%ga arzonlaşadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan hujjat loyihasiga köra, 2021-yil 1-apreldan boşlab avtotransport vositalari oynalarini qoraytirişga ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmatini körsatiş Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham amalga oşirilişi mumkin.
Loyiha tasdiqlangudek bölsa, Qonun talabi böyiça "tonirovka" uçun ruxsatnomaga onlayn ariza berilganda, belgilangan narxdan 10 foiz kamroq tölov qiliş mumkin böladi. Boşqaça aytganda onlayn ariza yuborilganda:
orqa yon oynalar uçun - 1 mln 102 ming 500 söm (aslida 1 mln 225 ming söm)
old va orqa yon oynalar uçun - 11 mln 25 ming söm (aslida 12 mln 250 ming söm) tölov qiliş kerak böladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
