Avtomobil boşqariş uçun elektron işonçnoma joriy etiladi
❗️Endi avtomobil haydaşda işonçnoma rasmiylaştiriş uçun notariusga boriş şart bölmaydi
Prezidentning tegişli qarori bilan, 2022-yil 1-sentabrdan boşlab avtomobillarni boşqariş huquqini beruvçi işonçnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron şaklda rasmiylaştiriş imkoniyati yaratiladi. Bunda:
— avtomobilni boşqariş huquqini beruvçi elektron şakldagi işonçnoma rasmiylaştirilganda, uni notarial tasdiqlaş talab etilmaydi;
— elektron işonçnoma rasmiylaştirilganda davlat boji uning amal qiliş muddatidan kelib çiqqan holda - 1 oygaça bölgan muddatga 90 ming söm, 6 oygaça bölgan muddatga 450 ming söm, 3 yilgaça bölgan muddatga 900 ming söm miqdorida undiriladi;
— elektron işonçnoma davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan faqatgina planşet orqali tekşiriladi.
Masalan, vaziyat taqozosi bilan qaysidir qarindoşingiz yoki döstingiz şoşilinç ravişda maşinangizni boşqarişi kerak bölib qoldi. Hozirda buning uçun albatta notaruislarga borib, işonçnoma rasmiylaştiriş kerak. Ammo keyinçalik, şundoq telefoningizdan kirib, 5-10 daqiqada işonçnoma rasmiylaştirib (masalan, 1 oyga 90 ming söm evaziga), öşa zahoti yölga çiqib ketilaveradi. Bu zör-ku! Balki keyinçalik borib, borib, butunlay işonçnoma beriş tizimi yöq bölib ketsa ham ajab emas.
👉 @xushnudbek 👈

