Avtomobil sotib olganlik uçun yiğim bekor qilindi

Matn4-yanvar, 2022, 14:082 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​❗️2022-yil 1-yanvardan avtomobil sotib olganlik uçun yiğim töliq bekor qilindi

2022-yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti töğrisidagi Qonun matni eʼlon qilindi.

Uşbu Qonunda avtomobilni sotib olganlik uçun yiğim nazarda tutilmagan. Demak, uşbu yiğim 1-yanvardan töliq bekor qilindi.

Bungaça amalda bölgan tartibga köra, avtosalondan yangi maşina sotib olganda şartnoma narxining 3%i miqdorida yiğim tölanardi (masalan, 100 mln sömlik maşina uçun 3 mln söm, 300 mln sömlik bölsa 9 mln söm).

Agar ikkilamçi bozordan maşina sotib olinganda işlab çiqilgan yiliga qarab har bir ot kuçi uçun 29 ming 700 sömgaça yiğim olinardi. Masalan, işlab çiqarilganiga 3 yil tölmagan 100 ot kuçiga teng maşinani sotib olganlik uçun deyarli 3 mln söm yiğim tölanardi.

Endi şu yiğimlar 1-yanvardan töliq bekor qilindi.

Agar kimdir maşina sotib olganu, lekin öz nomiga rasmiylaştirişdagi katta xarajatdan qoçib, "generalnaya doverennost" olib haydab yurgan bölsa, unda endilikda maşinalarini öz nomlariga ötkazib olişlari mumkin. Töğri, hozir notariusda tölanadigan davlat bojining yuqori stavkalari öz kuçida turibdi, ammo tez orada davlat bojlari ham kamaytirilişi kutilmoqda. Yanada aniqroq aytganda maşinaning ot kuçi va yilidan qatʼi nazar bazaviy stavkaning 3 barobari (810 ming söm) etib belgilanişi rejalaştirilmoqda.

Quyidagi rasmda davlat bojining amaldagi stavkalari keltirilgan. Agar bu narxlar sizga maʼqul kelsa, unda tezda maşinangizni öz nomingizga ötkazib oling. Yoki bojlar ham kamaytirilişini kutib tursangiz böladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2384
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek