Ikkilamçi bozorda avtomobillarni rasmiylaştiriş yiğimi bekor qilinişi mumkin
Vanihoyat: ikkilamçi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylaştiriş uçun undiriladigan yiğimlar bekor qilinişi mumkin
Deputat Doniyor Ğaniyevning xabar berişiça, Moliya vazirligi tomonidan 2022-yil budjet parametrlarini şakllantirişda avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun undiriladigan yiğimlarni bekor qiliş közda tutilmoqda.
Ikkilamçi bozordan sotib olingan avtomobilni YHXXda röyxatdan ötkaziş uçun uning ot kuçi va işlab çiqarilgan sanasidan kelib çiqib undiriladigan bir neça million sömlik tölov bekor qilinadi. Şuningdek, “gendoverennost”da yurganlar ham kam pul tölab, maşinasini öz nomiga ötkazişi mumkin böladi.
Bundan taşqari, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan avtomobil oldi-şartnomasini notarial rasmiylaştiriş uçun belgilangan davlat boji miqdorlarini pasaytiriş böyiça qonun loyihasi işlab çiqilayotganligi maʼlum qilingan.
Uşbu otning kallasidek yiğimning öta adolatsiz ekanligi va buning ortidan amaliyotda köplab mojarolar yuzaga kelişi haqida bir neça bor yozgandik. Bir paytlar jonajon monopol kompaniyamizni qöllab-quvvatlaş hamda ikkilamçi bozordan maşina olişni sunʼiy qiyinlaştiriş, şuningdek “tagi teşik” Yöl fondini xalq çöntagidan töldiriş maqsadida joriy qilingan uşbu tölovni aylanib ötiş uçun aholi maşinalarni öz nomiga sotib olmasdan, “generalnaya doverennost” rasmiylaştiradi, bu esa katta tavakkalçilik. Şuning ortidan köplab mulkiy nizolar paydo bölardi.
Fuqarolarni mana şunaqa zulukdek sörayotgan asossiz tölovlar tezroq bekor bölsa, yaxşi bölardi.
👉 @xushnudbek 👈
