General işonçnoma mulk huquqini bermaydi

Matn25-yanvar, 2021, 12:352 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​❗️"Generalnaya doverennost" mulk huquqini bermaydi!

Xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslar tomonidan amalga oşirilgan notarial harakatlar töğrisida maʼlumot bergandik.

Öşa statistikada bir jihat eʼtiborimni tortdi. 2020-yil davomida berilgan işonçnomalar soniga eʼtibor bersak, 400 mingdan oşiq tasarruf etiş huquqi bilan işonçnomalar berilgan. Yaʼni xalq tilida aytganda "generalnaya doverennost". Bu juda katta raqam albatta.

Bizda bir anʼana bor. Köpçilik uy yoki maşinani oldi-sotdi qilgan bölsa ham, lekin buni tegişli rasmiylaştirmasdan "generalnaya doverennost" oliş bilan çeklanadi va şu bilan "mulk meniki", deb xotirjam yuraverişadi.

Ammo "generalnaya doverennost" mulk huquqini bermaydi! Istalgan payt işonçnoma bergan şaxs buni bekor qilişi va mulkni olib qöyişi mumkin.

Bunday amaliyot şakllanganining bir qança sabablari bor, albatta. Eng avvalo oldi-sotdi qiliş jarayonining qimmatligi bunga sabab böladi. Ayniqsa avtomobil oldi-sotdisi kamida 3-4 mln sömga aylanib ketadi va dahmazasi, qoğozbozligi katta.

Birgina soliştiriş uçun: 80 kv.m.li uyni oldi-sotdi qilişda davlat boji atigi 223 ming söm. Ammo 80 ot kuçiga ega avtomaşinani oldi-sotdi qilişda davlat boji 1 mln 338 ming söm. Yana qöşimçasiga Yöl fondiga otning kallasiday tölov ham bor! Şunça pul olinadigan yöllarimizning ahvoliga esa maymunlar yiğlaydi! Bu qip-qizil qaroqçilik emasmi?!

Bunday katta tölovlarni kamaytiriş kerak. Şunda amaliyotda mulk mojarolari, firibgarlik holatlari birmunça kamaygan bölar edi.

Uy-joy uçun beriladigan işonçnomalar soni köpligi esa uzoq yil davomida örnatilgan propiska taqiqlariga boğliq edi. Ammo bugunga kelib, bu muammo hal bölgan. Boz ustiga yuqorida aytilganidek, köçmas mulk oldi-sotdisida davlat bojlari ança arzonlaştirilgan. 100 kv.m.gaça bölgan uylar uzoği 300-400 ming sömga aylanadi. Şu sabab uy olişda ayrim vaziyatlarni hisobga olmaganda, umumiy holatda "generalnaya doverennost" rasmiylaştirişga sunʼiy tösiqlar yöq, menimça.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek