Yoş oilalar uçun uy rasmiylaştirişdagi byurokratiya va bojlar
Yoş oilalarni öylantirayotgan byurokratiya va davlat boji haqida
Bir muştariydan quyidagiça maktub kelib tuşdi:
«Assalomu alaykum.
Xuşnudbek, bir masalada sizdan yordam sörayapmiz. Xabaringiz bölsa kerak, yaqinda Toşkent şahridan 600 ga yaqin yoşlarga Yoşlar ittifoqining tavsiyasi asosida uy taqsimlandi. Hozir uyni rasmiylaştiriş jarayoni ketmoqda.
Biz yuzdan ortiq yoşlar işxona tomonidan Toşkent şahriga doimiy propiska qilingamiz. Lekin bunga hali uç yil tölmagan. Rasmiylaştiriş jarayonida notarius bizdan umumiy summaning 5% miqdorda davlat boji, tuman IIB va işxonadan propiskaning haqiqiyligi haqida maʼlumotnoma talab qilmoqda. Şu töğrimi, siz nima deysiz bunga?
Pasportga urilgan IIB peçatiga notarius işonmaganligi uçun ham IIBdan yana qayta maʼlumotnoma sörayaptimi, hayron qolyapmiz.»
Xöş, eng avvalo savollarga javob bersam, keyin öz şaxsiy fikrimni aytaman.
Birinçidan, agar xodim propiska berilgan taşkilotda 3 yildan ortiq işlayotgan bölsa, garçi propiskaga kirganiga hali 3 yil bölmagan bölsa ham, 5% lik davlat bojini tölamaydi. Şu sababli notarius işxonadan maʼlumotnoma söraydi.
Agar öşa taşkilotda işlayotganiga yoki röyxatning boşqa bandlari bilan propiskaga kirganiga hali 3 yil tölmagan bölsa, haqiqatdan garçi propiskasi bölsa ham, uy narxining 5%i miqdorida (masalan, 300 mln sömlik uy bölsa, 15 mln söm) davlat boji tölaşi kerak. Çunki öşa inson xuddi Toşkentda propiskasi yöq şaxs kabi qabul qilinadi.
Ikkinçidan, yana bir köpçilikni öylantiradigan va amaliyotda aniq yeçimi yöq bölgan savol bor. Masalan, fuqaro “A” nomli davlat taşkilotida uzoq yillar işlab, öşa taşkilotdan 2018-yilda 11-band bilan propiskaga kirgan, lekin yaqinda “B” davlat taşkilotiga işga ötgan, deylik. Qonunçilik böyiça, agar “B” davlat taşkiloti ham propiska bera oladigan “krutoy” hamda “vajniy” taşkilotlar röyxatida bölsa, unda fuqaroning propiskasi “köçib ötadi”, u yangidan 11-band bilan propiska olişiga hojat yöq. Ammo uy olişda uşbu transfer fuqaro zarariga işlaydi. Çunki u hozir işlayotgan “B” taşkilotda işlayotganiga hali 3 yil bölmadi, propiskaga kirganiga ham 3 yil tölmagan.
❗️Post tahrirlandi (20:51)
Bunday vaziyatda avvalgi işxonasidan (!) maʼlumotnoma olib borsa, 5%lik davlat boji olinmayotgan, balki oddiy davlat boji qöllanayotgan ekan.
Uçinçidan, pasport stoldan spravka söraş ham amaldagi yöriqnomada mavjud. Pasportda maxsus ştamp bölsa ham, alohida yana maʼlumotnoma söraşadi. Ha, bu byurokratiya, ha, bu ortiqça qoğozbozlik, lekin naçora. Hozirça bunday ovoragarçilikni bartaraf etiş böyiça biror çora öylaşyaptimi yoki yöq, menga qoronğu. Eng alam qiladigani, propiskasiga 3 yil tölmaganlar mana şunaqa maʼlumotnomalarni ham olib kelişadi, yana qöşimçasiga 15 mln söm davlat boji ham tölaşga majbur böladi. Bunisi ölganning ustiga tepgan kabi, bölmoqda.
Mana şunaqa gaplar. Post uzun bölib ketmasin deb, uni ikkiga bölişga majbur böldim. Birozdan keyin beş foizlik davlat boji haqida öz şaxsiy fikrlarim bilan örtoqlaşaman. Kanalimizdan uzoqlaşmay turing.
👉 @xushnudbek 👈
