Toşkentda uy sotib olişdagi davlat boji tengsizligi
Havodan pul işlaş sanʼati
Endi Toşkentda yangi uy sotib olayotgan propiskasiz fuqarolarning davlatga 5%lik boj tölaşi böyiça şaxsiy fikrlarimni bildirib ötsam.
Yodingizdami, salkam 1 yil oldin «Doimiy propiskani pullaşdan davlatga qança foyda?» degan post eʼlon qilgandim.
👉 t.me/xushnudbek/1379
Öşa gaplar oradan 1 yil ötgan bölsa ham, aktualligiça turibdi.
Hammangizga maʼlumki, uy-joy oldi-sotdisini notariusdan rasmiylaştiriş çoğida davlat boji tölanadi. Aytaylik, Toşkentdagi umumiy maydoni 100 kv.m.gaça bölgan uy uçun davlat boji miqdori qöyidagiça belgilangan:
• Toşkentda propiskasi bölgan fuqarolar uçun – 223 ming söm;
• Propiskasi yöqlar uçun uy narxining 5 foizi miqdorida. Yaʼni uy narxi 500 mln söm bölsa – 25 mln söm, 1 mlrd söm bölsa – 50 mln söm davlat boji tölanadi.
Bu degani propiskasiz fuqaro propiskali fuqarodan bir neça yuz barobar qadrsiz degani.
Aytingçi, nima uçun Özbekistonning bir fuqarosi 223 ming söm davlat boji tölaydiyu, boşqa bir fuqarosi 50 mln söm davlat boji tölaydi? Nima uçun?!
Hukumat bitta uy uçun özining fuqarolariga (!) ikki xil narxda boj belgilaşini kimdir mantiqan tuşuntirib bera oladimi? Axir bu farq bir neça million sömni taşkil etyapti-ku. Vaholanki, ikkalasi ham teng huquqli fuqaro, ikkalasi ham teng soliqlar tölaydi, ikkalasi ham saylovda bir xil ovozga ega, ikkalasining ham bir xil pasporti bor.
❗️Bundan taşqari uşbu tizim amaliyotda uy quruvçilar va mijozlar örtasida özaro kelişib, şartnomada uy narxini 2-3 barobar arzon qilib körsatişga sabab bölmoqda. Bundan quruvçi ham yutadi – qolgan pullarni naqd olib, soliqlar tölamaydi, mijoz ham yutadi – davlat bojini kamroq tölaydi. Bu yerda yutqazadigan faqat DAVLAT! Axir buni tuşuniş şunçalar qiyinmi? Yoki kimlardir bunday tizimdan manfaatdormi?
Endi keling, yuqorida muştariy yozgan, aniq misolni körib çiqamiz. Yoşlar ittifoqi tomonidan berilayotgan Sergelidagi yoşlar uylari örtaça 300 mln sömga baholanmoqda. Bilamizki, Sergelidagi bu uylar faqat Toşkent propiskasi borlarga beriladi.
Ammo Toşkentda töla huquqli fuqaro sifatida “tan olinişingiz” uçun propiska borligining özi kamlik qiladi, bundan taşqari Siz şaharlik sifatida “uç yoşga” tölişingiz kerak.
Misol uçun, 300 mln sömlik yoşlar uyini olgan toşkentlik yoki viloyatdan bölsa ham propiskaga kirganiga 3 yil tölgan yoşlar 223 ming söm davlat boji tölaydi.
Ammo xuddi şu uyni olayotgan viloyatlik yoşlarning propiskasi hali 3 yoşga tölmagan (yoki 3 yil lavozimda bölmagan) bölsa, unda garçi ularning Toşkentda propiskasi bölsa ham 15 mln söm davlat boji tölaydi.
Özi davlat yoş oilalarga yengillik bölsin, özlarining hali uy sotib olişga qurbi yetmaydi deb, imtiyozli kredit berayotgan, boşlanğiç badalini Yoşlar ittifoqi orqali tölayotgan bölsayu, yana buyoqdan 15 mln söm davlat bojini qurtday sanab olsa, bu qanday mantiqsizlik? Havodan pul qilişning zör yöliku bu.
Bunaqa 3 yillik çeklov nima uçun qöyilgan özi? Nima uçun fuqarolar propiskaga kirgan zahoti oddiy davlat boji bilan uy sotib ololmaydi? Yoki “xarip” fuqarodan “oqsuyak” fuqaroga aylanişi uçun 3 yil ötişi kerakmi? Darrov “oqsuyak” bölişi mumkin emasda-a?
Yana qaytaraman, ikkala yoş oila ham Özbekistonning teng huquqli fuqarolari. Eng qiziği ikkalasining ham Toşkentda propiskasi ham bor. Ammo biri ikkinçisidan 67 baravar köproq davlat boji tölaydi.
Körib turganingizdek, nafaqat propiskali va propiskasiz şaxslarning huquqlari bir-biridan farq qiladi, davlat oldida hattoki propiskali ikkita fuqaroning ham biri ikkinçisidan qadrsizroq. Bunaqasi faqat Özbekistonda bor bölsa kerak...
Ming afsuski, bu savollarimga heç kim javob bermaydi, heç kim... Bir yil oldin qanday sukut saqlaşgan bölsa, yana xuddi şunday körmaganga olişadi. Ming afsus...
👉 @xushnudbek 👈
