Farğonada işdan haydalgan notariat xodimlari işga tiklandi
Farğona viloyati Adliya boşqarmasidan işdan haydalgan 5 nafar notariat xodimlari işga tiklandi
Kun.uz naşrining yozişiça, Farğona viloyat Adliya boşqarmasi boşliğining 2019-yil 27-avgustdagi 209-şt-sonli buyruği bilan Farğona şahridagi 6, 7 va 13-son davlat notarial idoralarining uç nafar notariusi va ikki nafar notarius yordamçilari içki mehnat tartib-qoidalarini bir marta qöpol ravişda buzganlikda ayblanib, Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinçi qismi 4-bandiga asosan işdan böşatilgan.
Işdan böşatilgan notariat xodimlarining işga tiklaş va majburiy progul uçun haq undiriş töğrisidagi daʼvo arizasi fuqarolik işlari böyiça Farğona tumanlararo sudi tomonidan körib çiqilgan. Mazkur sudning joriy yil 14-15-noyabr kunlari çiqargan hal qiluv qarorlariga muvofiq, Adliya boşqarmasi boşliği B.Xasanovning yuqorida qayd etilgan buyruği ğayriqonuniy deb topilgan va bekor qilingan.
Barça xodimlar avval özlari işlab kelgan lavozimlarga qayta tiklanib, ularning foydasiga majburiy progulda yurgan kunlari uçun jami 107 million sömdan ortiq miqdorda iş haqi undiriş belgilangan.
Şuningdek, viloyat Adliya boşqarmasidan uçta fuqarolik işi böyiça jami 8 million sömdan ortiq davlat boji undiriş belgilangan.
Hal qiluv qarorining işga tiklaş va iş haqi undirişga oid qismi FPKning 266-moddasiga asosan darhol ijroga qaratilgan.
Kun.uz manbasining maʼlum qilişiça, sud qarorlarini ijro qiliş böyiça majburiy ijro byurosi tomonidan tegişli çora-tadbirlar körilgan bölişiga qaramay, hal qiluvning darhol ijro etilişi lozim bölgan qismi hanuz (22-noyabr holatiga) iş beruvçi, yaʼni viloyat adliya boşqarmasi boşliği tomonidan bajarilmagan.
Adliya vazirligidan olingan maʼlumotga köra, hozirda birinçi instansiya sudi qarorlari ustidan apellyatsiya tartibida şikoyatlar kiritilgan. Birinçi instansiya sudi qarorlarining xodimlarni işga tiklaşga oid qismi ijro etilmayotgani sabablari böyiça izoh berilmagan.
Maʼlumot uçun: Mehnat kodeksiga muvofiq, mehnat şartnomasi ğayriqonuniy ravişda bekor qilingan xodim iş beruvçining özi, sud yoki boşqa vakolatli organ tomonidan avvalgi işiga tiklanişi lozim (111-modda).
Işga tiklanganda iş beruvçiga xodimga yetkazilgan zararni qoplaş majburiyati yuklatiladi (112-modda). Sud xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasini ğayriqonuniy ravişda bekor qilişda aybdor bölgan mansabdor şaxs zimmasiga ana şu xodimga iş haqi tölanişi munosabati bilan iş beruvçiga yetkazilgan zarar örnini qoplaş majburiyatini yuklaydi (274-modda).
Fuqarolik protsessual kodeksining 266-moddasiga köra, sudning mehnat şartnomasi ğayriqonuniy ravişda bekor qilingan xodimni işga tiklaş va uç oylik iş haqidan ortiq bölmagan iş haqini undirib beriş töğrisidagi qarorlari darhol ijro etilişi kerak.
👉 @xushnudbek 👈

