Usmonjon Qodirovning qamoq muddati qisqartirildi

Matn29-may, 2020, 13:081 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Farğona viloyat televideniyesi muxbiri Usmonjon Qodirovga nisbatan çiqarilgan 15 kunlik maʼmuriy qamoq muddati 2 kunga qisqartirildi. Bu haqda Özbekiston Oliy sudi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

29-may kuni Farğona viloyati maʼmuriy sudi kassatsiya instansiyasi Farğona viloyat televideniyesi muxbiri Usmonjon Qodirovga nisbatan Farğona şahar maʼmuriy sudining 27-maydagi qarorini özgartirdi.

27-may kun kuni Usmonjon Qodirovga MJtKning 54-moddasi 1-qismi va 183-moddasi bilan 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Kassatsiya instansiyasi birinçi instatsiya sudi Usmonjon Qodirovga nisbatan jazo tayinlaşda aybiga iqrorligini, çin köngildan puşaymonligini, oilada yagona boquvçi ekanligini inobatga olmay, bir munça oğir jazo tayinlaganini tan oldi.

Kassatsiya instansiyasi qaroriga köra, 15 sutka qamoq jazosi özgartirilib, 2 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazo tayinlandi. Şuningdek, Usmonjon Qodirov maʼmuriy qamoq xarajatlaridan ozod qilindi.

Olingan maʼlumotlarga köra, Usmonjon Qodirov hozir qamoqdan çiqarilgan va ozodlikda, oilasi bağriga qaytgan.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek