Farğona adliya boşqarmasi xodimlarning işga tiklanişiga munosabat
“Farğona viloyati Adliya boşqarmasidan işdan haydalgan 5 nafar notariat xodimlari işga tiklandi” nomi ostida eʼlon qilingan xabarlarga Farğona viloyat adliya boşqarmasining munosabati
Şu kunlarda “Kun.uz” saytida yuqoridagi sarlavhali maqola eʼlon qilindi. Maqolada sud qarori viloyat adliya boşqarmasi boşliği tomonidan bajarilmaganligi taʼkidlab ötilgan.
Maqoladagi maʼlumot haqiqatga töğri kelmasligi, yaʼni sud qarori böyiça ijro hujjatlari adliya boşqarmasiga 21-noyabr kuni kelib tuşib, 22-noyabrda tegişli buyruqlar qabul qilinganligi va sud qarori ijrosi taʼminlanganligini maʼlum qilamiz.
Şu örinda qayd etiş joizki, [maqolada söz yuritilgan masalaga] öxşaş holatda Qöqon tumanlararo sudining 2019-yil 30-sentabrdagi hal qiluv qaroriga asosan Buvayda tumani 1-son DNI notariusi L.Ğ. öz lavozimiga işga tiklanişi belgilangan edi.
Fuqarolik işlari böyiça Farğona viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2019-yil 29-oktabrdagi ajrimiga asosan Qöqon tumanlararo sudining 2019-yil 30-sentabrdagi hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvogar L.Ğ.ning işga tiklaş haqidagi daʼvo arizasi qanoatlantirilmagan.
Fuqarolik işlari böyiça Farğona viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining tegişli qarori çiqarilgaç, holat böyiça qöşimça axborot beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
