Namangan şahar hokimining qarori ğayriqonuniy deb topildi
Keça qiziq maʼlumot eşitib qoldim. Biroz eskiroğu, lekin mohiyati eskirmagan.
Xullas, Namangan şahar hokimi 2017-yil 27-mart kuni 345-son qaror çiqaradi. Qarorda Namangan şahridagi restoran, bar, köngiloçar tadbirlar ötkazuvçi şoxobçalar, umumiy ovqatlaniş hamda çakana savdo obyektlarining iş vaqti 22:00-gaça deb belgilanadi. Şundan söng Namangan şahrida tinimsiz «reyd»lar ötkaziladi, soat 22:00-dan keyin oçiq bölgan joylar majburan yoptiriladi, egalariga esa çoralar köriş boşlanadi.
Xavfsizlik niqobi ostida qabul qilingan bu qaror oxiri bir tadbirkorning joniga tegadi. Çunki yakka tartibdagi tadbirkor U.Ş. kunduzi 15:00-dan tonggi 07:00-gaça işlaydigan tamaddixona oçgan edi. Lekin şahar hokimining qarori uning işiga halaqit beraveradi, daromadi keskin kamayadi, kreditlarini qaytara olmay qoladi, işçilari kamayib ketadi.
Kunlarning birida tadbirkor Adliya vaziri örinbosarining sayyor qabuli bölayotgan paytda şunday talab qöyadi: yoki menga qaysi qonunda 22:00-dan keyin oşxonamni yopişim kerakligi yozilganini topib berasizlar, yoki mening huquqlarimni himoya qilasizlar!
Albatta, adliya organlari qonuniy asosni topa olişmasdi, şu sababli tadbirkorning manfaatlarini közlab Namangan şahar hokimini sudga beradi. Aniqroği hokim qarorini «ğayriqonuniy» deb topişni söraşadi.
Sudga bir neça marta çaqirişlariga qaramasdan, şahar hokimligidan heç kim kelmaydi.
Sud qarab ötirarmidi, şartta sirtdan qaror qabul qiladi. Namangan şahar maʼmuriy sudining 2017-yil 7-iyuldagi hal qiluv qaroriga binoan, Namangan şahar hokimining 2017-yil 27-martdagi 345-son qarori «ğayriqonuniy» deb topiladi. Tadbirkorlar esa yana erkin nafas ola boşlaşadi.
Qissadan hissa şuki, hokimning qarori ekan, deb nima bölsa xöp deb ketavermang. Haqqingizni talab qiling, sudga bering, şikoyat qiling. Şunda nafaqat özingizning, balki namanganlik tadbirkor U.Ş. kabi köpçilikning joniga oro kirgan bölar edingiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
