Sud-tergov faoliyatida huquqlarni himoya qiliş kuçaytirildi

Matn10-avgust, 2020, 18:372 daqiqa0 koʻrish

Sud-tergov faoliyatida şaxsning huquq va erkinliklarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytirişga oid farmon imzolandi

Farmonga köra:

👉 Yaraşuv institutini qöllaş mexanizmi takomillaştirilmoqda.

Şaxsga nisbatan tergov davrida eʼlon qilingan ayblov, jinoyat işi sudning qaysi instansiyasida körilayotganligidan qatʼi nazar yaraşuv instituti doirasiga tuşadigan yengilroq moddaga qayta malakalangan hollarda yaraşuv institutini qöllaş imkoniyati yaratilmoqda.

👉 Uşlangan şaxsning huquqlari poymol bölişining oldini oliş maqsadida:

➖ uşlab turiş muddatini jinoyat sodir etişda gumon qilinayotgan şaxs huquqni muhofaza qiluvçi organga keltirilgan vaqtdan boşlab emas, balki şaxs haqiqatda uşlangan vaqtdan boşlab hisoblaş;

➖ şaxs amalda uşlangan paytdan boşlab, tegişli mansabdor şaxs u bilan boğliq suriştiruv va tergov harakatlarini ötkazişdan oldin himoyaçi bilan xoli uçraşuvni taʼminlaşi şartligi haqidagi qoida nazarda tutilmoqda.

👉 Öta oğir jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan şaxslarga oid jinoyat işi böyiça, şuningdek qamoqqa oliş yoki uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş holatlarida himoyaçining iştirok etişi şartligi belgilandi.

👉 Agar uşlangan ayblanuvçining yaqin qarindoşlarini protsess iştirokçisi sifatida jalb qiliş uçun asoslar mavjud bölmasa, ularni huquqni muhofaza qiluvçi organlarga çaqiriş va söroq qiliş taqiqlandi.

👉 Aybiga iqrorlik böyiça kelişuv instituti kiritilmoqda.

Unga köra, ayrim toifadagi jinoyatlar böyiça şaxs aybini böyniga oliş töğrisida arz qilgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan, jinoyatning oçilişiga faol yordam bergan, şuningdek, keltirilgan zararni bartaraf etgan taqdirda unga nisbatan qonunda belgilangan eng köp jazoning yarmidan köp bölmagan miqdori va (yoki) muddatigaça jazo tayinlanadi.

👉 Toşkent şahar prokuraturasi tergov bölinmalari va Içki işlar boş boşqarmasi tergov boşqarmalari zamonaviy kriminalistik uskunalar bilan jihozlangan avtotransport vositalari, protsessual harakatlarni audio va videoga qayd etiş tizimlari hamda stenografiya qiliş uskunalari bilan taʼminlanadi.

Şu bilan birga, tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida ötkaziş amaliyotini yölga qöyiş uçun jazoni ijro etiş muassasalari va tergov hibsxonalarini texnik vositalar va uskunalar bilan töliq jihozlaş çoralari köriladi.
 

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek