DSQ kasaba uyushmasining Rasul Kusherbayevni sudga berishi

Matn27-aprel, 2021, 18:342 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Bir sömlik maʼnaviy zarar

Davlat soliq qömitasi birlaşgan kasaba uyuşmasining deputat Rasul Kuşerbayevni sudga berişi, huquqiy jamiyatda eng töğri yöllardan biri bölsa-da, soliq organlariga naf keltirmaydigan, ularning şaʼni va obrösini yanada tuşiradigan holatga aylanadi.

Umuman, işçanlik obrösi bilan boğliq xalqaro amaliyotda odatda sudga beruvçi bitta oltin qoida asosida iş tutadi: notöğri yoki badnom qiluvçi axborot tarqatgan şaxsga sud orqali huquqiy baho beriladi, lekin maʼnaviy zarar miqdori şartli 1 dollar, 1 söm etib belgilanadi. Bu sudga bergan taşkilot yoki jismoniy şaxsning haqiqatda işçanlik obrösiga qayğurayotganini körsatadi. Raddiya va şartli 1 söm uning maʼnaviy ğalaba qozonişi uçun yetarli.

Modomiki sudga beruvçi öz davlatidagi mezonlar böyiça haddan taşqari katta miqdorda maʼnaviy zarar sörayotgan ekan, bu OAV va fuqarolik jamiyati, faollar uçun yomon signal. DSQ sörayotgan 4,6 mlrd söm, garçi xayriya jamğarmasiga ötkazilişi niyat qilingan bölsa-da, juda katta mablağ, har qanday odam yoki taşkilotni xonavayron qiladigan darajada. Masalan, Rossiyada Putinning dösti rahbarlik qiladigan “Rosneft” kompaniyasi RBKni 3,124 mlrd rubl jarima tölaşini talab qilgan edi. Yana bir milliarder Mixail Proxorov siyosatçi Aleksey Navalniyni sudga berib, 1 rubl maʼnaviy zarar undirib berişlarini söraydi. (Havolada bir rubllik işlar batafsil körsatilgan). Ular-ku biznes strukturalar, masalan, Yoqutiston rahbari Yegor Borisov ham bir jurnalistni işçanlik obrösini himoya qilib sudga beradi. Maʼnaviy zarar miqdori 1 rubl. “Rosneft” uçun RBKning iqtisodiy qiyin ahvolga solib qöyiş muhim, qolgan ikki holatda haqiqat muhim.

Albatta, Özbekiston qonunçiligida maʼnaviy zarar böyiça amaliyot yaxşigina şakllangan. Sudlarimizda tajriba yetarli. Sudda 4,6 mlrd söm zarar körilgani iqtisodiy jihatdan isbotlab berilmoği kerak. Masalan, odamlar şu gaplardan söng soliq tölamay qöydimi? Yoki soliq organi xodimlarining şu gaplardan söng qon bosimi oşib, tibbiy xarajatlari oşib ketdimi? Bular, albatta, köproq sarkazm, ammo şunaqaroq prinsipda işlaydi.

Oxirgi masala. Rasul Kuşerbayev ÖzLiDeP deputati, bu partiya hukumat rahbari nomzodini körsatgan, hukumat rahbari esa vazirlik va idoralar rahbarligiga nomzodlarni parlamentga kiritadi. DSQ raisi nomzodi deputatlar tasdiğidan ötişi kerak. Lekin deputatning sudga berilişi bu zanjirda qanaqadir mantiqsizlik borligini körsatayapti.

Umuman, DSQ öziga ortiqça eʼtibor jalb qilayotgani qiziq.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek