UzIMEI: Jallod çoyçaqasi va tişsiz Parlament haqida
UzIMEI: “Jallod çoyçaqasi” va “tişsiz” Parlament haqida
Örta asrlarda «Jallod çoyçaqasi» degan atama bölgan. Boşi tanasidan judo qilinadigan insonlar ölimidan oldin jallodga çoyçaqa berib, «Iltimos, boltangizni ötkirroq qilib çarxlasangiz, boşimni köp qiynamasdan uzib taşlang» deb söraşgan. Yaʼni odamlar ölimga şundoq ham rozi bölgan, faqat qiynalmasdan öldirişlarini xohlagan.
Bugungi kunda ham ayrim masalalarda bu xohiş aktual bölib turibdi. Masalan, UzIMEI tizimi aholiga “telefon soliği” joriy qilgan, tölagan soliqlarimizning ustiga yana “soliq” oladi. UzIMEI tizimi tölovini bekor qiliş haqidagi petitsiyani 10 mingdan ortiq kişi imzoladi, ammo Parlamentning qölidan heç vaqo kelmadi. Na Senat, na Qonunçilik palatasining “tişi ötmadi”. Albatta-da, yöq joydan bir neça yuz milliard pul topayotgan tizimga Parlamentni “tişi ötarmidi”?
Ammo aslida normal jamiyatlarda aholiga solinadigan bunaqa majburiy tölovlarni Vazirlar Mahkamasi emas, Parlament joriy qilişi kerak. Heç bölmasa, birinçi bosqiçda majburiy tölov joriy qilinadigan Hukumat qarorlari Parlament tasdiqlagaç, keyin kuçga kirişi kerak. Şunda balkim ijro organi “tonirovka” uçun salkam 20 mln sömlik tölov joriy qilayotganda deputat va senatorlar “e, insof bormi, nima degan gap bu?” deyişi mumkin bölardi.
Ammo bunga ham işoniş sal qiyin. Masalan, öşa deputat va senatorlar ruxsatsiz “tonirovka” örnatganlar uçun mantiqsiz ravişda bir neça million sömlik eng qimmat jarimani ğing demasdan, qöl kötarib, tasdiqlab berişgan.
Yana UzIMEI mavzusiga qaytsak. Bu tizim aholiga “soliq” solgani yetmaganday, fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlari öğirlanişi, röyxatdan ötişda byurokratik va mantiqsiz tösiqlar qöyilişi, tizimning işonçsizligi oşib tuşmoqda. Şunaqa payti örta asrlardagi “jallod çoyçaqasi” prinsipi yodimizga tuşadi:
Baraka topgurlar, mayli, pul olsanglar olinglar, faqat iltimos, şu pulni xalqni qiynamasdan olinglar.
Nahotki şuni qiliş ham qiyin bölsa?!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


