UzIMEI tizimidagi eSIM röyxatdan ötkaziş muammolari
Keça @davletovuz UzIMEI tizimida zamonaviy eSIM (elektron sim-karta)ni röyxatdan ötkazişdagi muammolar haqida yozgandi.
Bu haqda ança avval men ham bir yozgandim. Çunki özim bu absurd tizimda şunaqa muammoga duç kelganman.
Xorijdan olib kelingan telefonim IMEI raqamini xorijga çiqib kelgan bir hamkasbimning nomiga rasmiylaştirişga majbur böldim. U paytda hali Özbekistonda eSIM yöq edi, şu sababli faqat bitta slot uçun röyxatdan ötdim. Keyin u hamkasbim uzoq bir viloyatga işga ötib ketdi.
Oradan maʼlum vaqt ötib, bizda ham eSIM paydo böldi. Şundan söng öşa hamkasbim nomiga eSIM sloti IMEI raqami uçun tölov qilib, röyxatdan ötkazaman desam, buni onlayn amalga oşirişning imkoni yöq ekan. Nima emiş, qöşimça IMEI’ni röyxatdan ötkaziş uçun öşa odamning özi şaxsan borişi kerak ekan. Agar eSIM bölsa, unda albatta telefonni ham olib borişi kerak ekan. Mening vaziyatimda telefon Toşkentda, nomiga rasmiylaştirilgan odam esa uzoq viloyatda.
Baraka topgurlar, xuddi şu telefonning asosiy IMEI raqami kimni nomiga rasmiylaştirilgani bazada körinib turibdiku, yana öşa odamni ovora qilişni nima keragi bor, onlayn ötsa bölmaydimi, desam, “yöq, bölmaydi, ofisimizga özi telefonni kötarib kelsin” deyişdi. Taşqarida 21-asr, Karl!
E, xullas, bu absurd tizim haqida gapirsa gap köp. Fuqarolarga solinayotgan ikki karra “telefon” soliği haqida ham köp gapirsa böladi. Davlat taşkilotlari özi qilişga majbur bölgan vazifalarni lozim darajada eplolmayotgani uçun (masalan, çegaradan noqonuniy telefon ötkazmaslik, soliqdan qoçişni oldini oliş, öğrilangan telefonlarni topiş) xalqning özidan yana soliq olişadi.
Şu tizim tufayli fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlari, pasport nusxalarini öğirlaş, odamlardan söramay ularning nomiga telefon raqamlarni rasmiylaştiriş butun boşli jinoiy insdustriyaga aylangani esa açinarli holat.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1284


