IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş osonlaştiriladi
IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş osonlaştiriladi
AKTni rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov yaqin kelajakda amalga oşirilayotgan loyihalar qatorida mobil telefon raqamlarini köçiriş tizimi loyihasi ham borligini maʼlum qildi.
«IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş jarayonini isteʼmolçilar uçun yanada osonlaştiriş yöllarini topiş va fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi kerak», – deydi vazir.
IMEI mavzusida bungaça ham juda köp çiqişlar qilganman (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12). Yana bir bor bu mavzudagi pozitsiyamni bildirmoqçiman:
➖ «Yöqolsin, IMEI tizim!» degan kör-körona çaqiriqlarga qöşilmayman. Çunki, tan olişimiz kerak, IMEI tizimining foydasi katta. Telefonlarni qonuniy röyxatdan ötkaziş, byudjetga soliq tuşumining bir neça ön baravar oşişiga yordam bermoqda;
➖ Ammo bu tizim texnologik töğri yölga qöyilmagan va byurokratik çeklovlar hamda noqulayliklardan iborat. Aslida tizim öta sodda va qulay bölişi, şunçaki röyxatdan ötkaziş prinsipida işlaşi kerak. Bundan taşqari uşbu tizim natijasida çegaradan ötgan fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlarini (pasport nusxalari) sotiş biznesi boşlanib ketdi va haligaça davom etmoqda. Bunga qarşi biror jiddiy çora körilmadi;
➖ Va eng asosiysi bu tizim tekin bölişi kerak. Soliqçilar, çegaraçilar, bojxonaçilar va boşqa masʼul taşkilotlar öz işini yetarli darajada bajarmayotgani uçun xalqqa «Telefon soliği» soliş heç bir mantiqqa töğri kelmaydi. Çunki IMEI tizimi şundoq ham byudjetga bir neça yuz milliard foyda olib kelyapti va yana xuddi şunaqa yuz milliard pul xalqdan yiğib olinmoqda. Sal insof bölişi kerak-ku.
Eng qiziği [közböyamaçilik uçun oçilgan] «Mening fikrim» portaliga IMEI tizimi tölovini bekor qiliş haqida petitsiya qoldirilgan va 25 mingga yaqin ovoz olgan bölsa ham, lekin amalda heç narsa özgarmadi.
Ayrim deputatlarimiz bu pulni oqlab, «tölov tadbirkorlardan olinyapti, xalqdan emas» degan kulgili maqolalar yozib yurgan bölsa ham, lekin xalq ahmoq emas. Telefon uçun qöşimça xarajat qilgan tadbirkor bu xarajatni xaridorlar gardaniga yuklaydi va oxir-oqibat baribir xalq tölaydi bu pulni. Bu oddiy haqiqatga köpçilikning aqli yetadi.
P.S.: albatta yangi vazir tölovni bekor qiliş yoki kamaytirişni öylamasligi va bunga harakat ham qilmasligi mumkin. Çunki tayyor kelib turgan yuz milliardlab pul hammaga kerak. Lekin baribir bu "soliq" adolatsizlik. Fikrim şu.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2



