IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi muammolar va tanqid

Matn25-dekabr, 2019, 10:553 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

​​​​​​Ezgu maqsadning özi yetarlimi?

Ayrim islohotlarni körib, maqsad foyda keltiriş emas, balki xalqni soğin sigirdek soğişmikin deb öylanib qoladi odam.

Masalan, telefonlarning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş tizimidan balki ezgu maqsadlar közlangandir, ammo uni amalga oşiriş tartibi xalqni qiynaşdan nariga ötmadi. Jumladan:

Birinçidan, barça mobil qurilmalarni avtomatik röyxatdan ötkaziş uçun juda qisqa vaqt berildi. Garçi hammayoqda 1-apreldan 1-noyabrgaça deyilgan bölsada, lekin aslida IMEI-kodlarni röyxatga oliş tartibini Vazirlar Mahkamasi 17-sentabrda tasdiqladi. Yaʼni 1-noyabr degan muddat xalqqa salkam oktabrda maʼlum böldi. OAVlarda asosiy tarğibotlar ham oktabrdan boşlandi.

Bu degani, xalqqa işlatilmayotgan telefoni yoki ikkinçi sim-kartasini avtomatik röyxatdan ötkaziş uçun taxminan 1 oy vaqt berildi. Bu noinsoflik!!!

Ikkinçidan, 1-noyabrdan ariza orqali röyxatdan ötişda juda köplab muammolar paydo bölmoqda. Ayniqsa, 2 ta sim-kartali telefon işlatadigan juda köpçilik yangiliklardan keç xabar topganining evaziga (tayinli tarğibot ham qilişmadi) hozir boşi qotgan.

Sababi 1-noyabrdan keyin ikkinçi slotni röyxatdan ötkazib bölmayapti, garçi 1ta IMEI-kod bazada bölsa ham, rad javobi kelmoqda. Röyxatdan ötiş uçun xorijga çiqib keliş kerak emiş. «Heç bölmasa Qozoğistonga çiqib keling, keyin röyxatdan ötkazamiz» deyişmoqda.

Bu nima ahmoqgarçilik??? Nega bu haqida avval ogohlantirişmagan?

Uçinçidan, röyxatdan ötkaziş rad etilayotganiga sabab — bojxonani çetlab ötib, yaşirin yöllar bilan olib kirilgani bölsa, unda nega buning jabrini xalq tortişi kerak? Çegaraçilar, bojxonaçilar yoki yaşirin yöllarga şaroit yaratib bergan korrupsionerlarga heç narsa bölmasdan, yana oddiy xalq sarson bölişi kerakmi?

Axir öşa telefonlarni peşona teri bilan topgan pullariga rasmiy işlab turgan dökonlardan sotib olişganku. Nega şunça payt dökonlarda noqonuniy telefonlarni sotişga yöl qöyganlar jazolanmasdan, jabrdiyda xalq tovon tölaşi kerak? Nima uçun??? Nima uçun???

Törtinçidan, xöp, bölar iş böldi, deylik. Endi nima qiliş kerak? Muammoni yeçiş uçun biror qonuniy yeçim bormi? Minglab fuqarolar röyxatdan ötkaziş uçun xorijga çiqib kela olmaydi baribir. Xalqqa bezbetlarça «çetga çiqib keling, yöqsa iloji yöq» demasdan biror yeçim bermaysizlarmi?

Beşinçidan, bilamizki 1-dekabrdan röyxatdan ötkaziş pullik böladi. Mayli, tekin bölsin demayman, ammo nega narx bunçalik qimmat? Biror asosi bormi? Şunçaki 1ta kodni tarmoqqa kiritib qöyiş uçun 44 ming 600 söm olişga uyalmaysizlarmi?

Boz ustiga, agar telefon 2ta sim-kartali bölsa, unda har biri uçun alohida tölov qilinadi, demak 89 ming söm bölyapti. 30 kundan ötib röyxatga olinsa, 110 ming söm böladi. Nega 10 ming söm emas, nega 20 ming söm emas? Xalqni juda boooooooy deb öylaysizlar şekilli? Pullari oşib-toşib ketyapti, qayerga qöyişni bilmayapti, deya tasavvur qilasizlarmi?

Xalq tölayotgan soliqlar qayoqqa ketyapti unda? Bu tizimdan maqsad xalqqa foyda böliş deyişmoqda, axir foydali tizimlar işlab çiqiş davlatning majburiyati emasmi? Bizning soliqlarni şuning uçun olyapsizlarku. Xalqqa ikki marta soliq soliş (va qimmat soliq) insofsizlik axir!

Xalq soğin sigir emas, şuni unutib qöymaylik, iltimooooos...

Noyabr oyi deyarli tugadi. Ammo soha mutasaddilari yuzaga kelgan muammolarni yeçiş uçun ziğirça harakat qilmadi, xalqqa tuşuntiriş bermadi, tarğibot olib bormadi. «Nega rad qilinganini bilmadim, bu muammo seniki, menga nima» degan prinsipda iş olib borildi. 1 kun ötib esa, röyxatga oliş pullik böladi. Xalq yana pul tölaşni boşlaydi...

Tölayveradi, tölayveradi, tölayveradi...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek