Özbekistonda yillarga nom beriş anʼanasi haqida
Yil nomi haqida
Har yilgi anʼanaga köra, Özbekistonda yillarga nom beriladi va yil davomida şu nomdan kelib çiqib, maʼlum bir sohaga eʼtibor kuçaytiriladi.
2017-yilgaça yil nomi Konstitutsiya bayramidagi Prezident maʼruzasida eʼlon qilinardi. 2017-2018-yillarda esa Prezident özining parlamentga murojaatnomasida kelgusi yil nomini maʼlum qildi.
Joriy yilda ham 2020-yilning nomi davlat rahbarining yangi saylangan senator va deputatlarga yöllagan murojaatida eʼlon qilinsa kerak. Ammo hali senatorlar saylanmadi (tayinlanmadi). Deputatlar ham töliq tarkibda emas, 22 ta okrugda qayta ovoz beriş bölişi kerak.
Yil tugaşigaça yangi parlament şakllanib böladimi, yöqmi, aniq bilmadim. Qiziq, mabodo joriy yilda töliq tarkibni saylaşga ulgurilmasa, unda yil nomini maʼlum qiliş keyingi yilga qolarmikin? Kuzatişda davom etamiz.
P.S.: 2020-yil nomlangani haqidagi miş-mişlarga işonmang.
Menga qolsa yillarga nom berilmasa ham mayli. Biror foydasi tekkanini şu paytgaça sezmaganman.
👉 @xushnudbek 👈



