Kontrakt toʻlash va vaksina chegirmasi muddati uzaytirilishi

Foto25-noyabr, 2021, 11:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Oliy taʼlim vazirligining maʼlum qilişiça, tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uçun tölovlarni amalga oşiriş muddati uzaytirilişi kutilmoqda.

Şu örinda muddatni uzaytirayotgan payti vaksina olganlarga beriladigan çegirma muddatini ham uzaytiriş kerak. Avvalroq 15-noyabr deb aytilgandi. Ammo amaliyotda bu muddat vaksina oliş muddati emas, hujjat topşiriş muddati deya talqin qilindi. Yaʼni sentabrda oxirgi doza vaksina olgan bölsa ham, 16-noyabrda sertifikat olib kelsa, qabul qilişmadi. Bu umuman mantiqqa zid.

Hali men magistratura uçun qöşimça qabul javoblari xuddi atayin qilgandan keçikib eʼlon qilingani haqida heç narsa demayapman.

Xullas, gap aholining vaksina olişi va inson salomatligi haqida ketayotgan ekan, byurokratik muddatlarni olib taşlaş kerak. Aslida qaçon vaksina olsa ham çegirma berilişi kerak. Heç bölmasa, hozirgi mantiqsiz holatga çek qöyib, 15-noyabrgaça vaksina olganlarning barçasiga çegirma beriş kerak. Muddatni bahona qilmasdan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek