Vaksina olgan talabalarga kontraktda 10 foiz chegirma beriladi
⚡️Koronavirusga qarşi ixtiyoriy vaksina olgan talabalarga kontrakt tölovida 10% çegirma beriladi
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga köra, yurtimizda faoliyat körsatayotgan barça davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoşdan katta bölgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqiçlarida tahsil olayotgan talabalarni Davlat byudjeti mablağlari hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarşi ixtiyoriy ravişda ommaviy emlaş belgilandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
❗️Koronavirus infeksiyasiga qarşi ixtiyoriy ravişda emlangan tölov-kontrakt asosida öqiydigan talabalarga taşkiliy-huquqiy şaklidan qatʼi nazar, 2021/2022 öquv yili uçun bazaviy tölov-kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik çegirma bonusi beriladi.
ℹ️ Maʼlumot uçun: vaksina oliş tekin. Hududingizdagi poliklinikalarga murojaat qiling.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


