Vaksina olgan talabalarga chegirma berishdagi muammolar
Vaksina olgan talabalarga 10% çegirma berişdagi muammolar haqida
Bizdagi katta muammolardan biri quyi böğindagi ijroçilarning masʼuliyatsizligidir. Biror yaxşi qaror çiqadi, ammo ijrosiga kelganda bir dunyo muammolarga uçraymiz.
Koronavirusga qarşi vaksina olgan talabalarga beriladigan 10% çegirma böyiça ham joylarda yetarliça muammo bor. Haligaça buning tartibi tasdiqlanmadi. Yuqoridagi xabarda aytilganidek, ayrim OTMlarning mutasaddilari çegirma berilişidan bexabar ham. Bunaqa masʼullarni boşini qumga tiqib olgan tuyaquşlarga öxşataman. Ular heç narsadan bexabar yoki bilsa ham, “bilmadim” deb qutulgisi keladi.
Örtada esa talabalar sarson.
Xulosa: masalaning aniq yeçimi va tartibini hamma ijroçilarga yetkaziş, köproq tarğib qilib, tuşuntiriş beriş kerak. Özi şundoq ham fuqarolarimiz vaksina olişga unçalik şoşilmaydi, ming afsuski, turli miş-mişlaru safsatalarga işonib yurişibdi. Bunday vaziyatda öz xohişi bilan vaksina olganlarga ortiqça byurokratiya qilmasdan, tezroq çegirmasini beriş kerak.
👉 @xushnudbek 👈


