Ota-onalarga farzandlarini xorijga öqişga yuboriş böyiça maslahat
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzКелгуси йилда хориждан ўқишни кўчиришда ўтиш бали жорий йилги кириш баллари билан бир хил бўлади Бу ҳақда Халқаро пресс-клуб сессиясида олий ва ўрта махсус таъ…❗️Ota-onalarga yana bir bor maslahat!
Iltimos, farzandingizni xorijga, ayniqsa qöşni davlatlarga öqişga yuborişdan oldin yaxşilab öylang. 4 yil xorijda öqitişga rozimisiz, bunga şaroitingiz bormi, borayotgan universitetida tayinli bilim beriladimi özi, nufuzli oliygohmi, taʼlim sifati qanaqa, ertaga öğlingiz yoki qizingiz xorijda Sizdan uzoqda qiynalib qolmaydimi, şularni yaxşilab hisob-kitob qiling.
“Mayli, hozir boraversin, keyingi yil bir amallab “perevod” qivolamiz” degan aldamçi xayollarga berilmang. Farzandingiz testda joriy yilgi ötiş balini töplay oladimi yoki yöqmi, şuni öylab köring va keyingina qaror qabul qiling.
‼️Yana va yana qaytaraman: xorijga öqişga boriş yomon iş emas, aksinça, qaniydi köproq yoşlarimiz nufuzli xorijiy universitetlarda öqib qaytişsa, dunyo körib, rivojlangan jamiyatlar havosidan nafas olib kelişsa, zör bölardi-ku. Ammo öqiş uçun emas, balki “perevod” qiliş uçungina xorijga borişni tavsiya qilmayman.
ℹ️ Eslatma: joriy yilda öqişni köçirişda ötiş bali yönalişlarga qarab 56,7 baldan 105 ballgaça belgilangan edi. Eng katta qismida esa 66,1 ball etib belgilandi. Mana şunday nisbatan past ball bölişiga qaramasdan, xorijdan öqişini köçirmoqçi bölganlarning 72 foizi ötiş balini ololmadi, 50 foizi esa 56,7 balldan past töpladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2
