Super-kontrakt narxini hisoblaş tartibi tuşuntirildi
❓Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?
✅ JAVOB: buni biliş uçun erinmasdan uşbu postni oxirigaça öqişingiz kerak. Faqat sarlavhani öqib, darrov izohlarda “menga munça ball yetmadi, qança tölayman?” deb komment yoziş şart emas.
Juda köpçilik super-kontrakt narxi qança bölişi haqida savol bermoqda.
Super-kontrakt narxi qança bölişini istalgan inson özi mustaqil hisoblab olişi mumkin, buning uçun yetarli barça maʼlumotlar eʼlon qilingan. Faqat ozgina hafsala kerak xolos.
Şunday bölsa-da, super-kontrakt miqdorini qanday hisoblaş yölini yana bir bor tuşuntirişga harakat qilaman.
❗️Eng avvalo bir narsani yodda tuting, super-kontraktning eng aniq miqdorini faqat va faqat özingiz hujjat topşirgan oliy taʼlim muassasasi orqali bilişingiz mumkin. Çunki köplab OTMlar moliyaviy mustaqillikka erişgan va ular erkin narx belgilay oladi, davlat esa şunçaki minimum miqdorini tasdiqlaydi xolos. Internetda «menga qança böladi, unga qança böladi» degandan köra, OTM bilan boğlanib, aniğini bilib olişni maslahat beraman.
Endi minimum miqdorlar haqida.
❗️1-eslatma: super-kontrakt degan tizim kunduzgi, sirtqi, keçki taʼlimda ham bor;
‼️2-eslatma: imtiyoz olgan, lekin kira olmagan abituriyentlar uçun umumiy kiriş baliga qarab super-kontrakt narxi belgilanadi, imtiyozlilarning ötiş baliga qarab emas.
Super-kontrakt narxi kunduzgi taʼlim şaklida stipendiyasiz tölov-kontrakt miqdoridan hisoblanadi (sirtqi va keçkida şundoq ham stipendiya yöq). Demak, quyida ilova qilingan jadvalda körsatilgan kontrakt summasini super-kontrakt barobariga köpaytirişingiz kerak.
Şuningdek, 3 ta toifadan qaysi biriga taalluqli ekanligingizni ham aniqlab olişingiz kerak.
1️⃣ 1-toifa: kiriş çiziğiga 4,05 ballgaça yetmay qolgan abituriyentlar
Bunda quyidagi şkala amal qiladi:
➖ 1,05 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun – bazaviy tölov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgaça — 2,0 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgaça — 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgaça — 3,0 barobari.
Masalan, matematika yönalişida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda öşa abituriyent 2 barobar tölaydi. Jadvalga qarasak, matematika yönalişida kontrakt narxi 6.412.610 söm. Demak, matematika yönalişiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 12 mln 825 ming söm super-kontrakt tölaydi (2 x 6.412.610).
2️⃣ 2-toifa: kiriş çiziğiga 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan va özi 56,7 dan köp ball töplaganlar
Bunday abituriyentlar super-kontrakt uçun yönalişiga qarab pastdagi jadvalda körsatilgan oddiy kontraktning minimum 8, 10, 12, 15, 17 yoki 25 barobarini tölaydi.
Qaysi yönalişga neça barobar tölanişi mana bu faylda keltirilgan:
👉https://t.me/xushnudbek/11522
Masalan, iqtisod yönalişiga kiriş bali 150 ball böldi deylik. Abituriyent 70 ball töpladi. Demak, unga 4 balldan ortiq yetmay qolgan, özi ham 56,7 balldan köproq töplagan. Iqtisod yönalişiga minimum super-kontrakt 10 barobar etib belgilangan. Stipendiyasiz oddiy kontrakt narxi esa 9.129.930 söm.
👆Xulosa: iqtisod yönalişi uçun super-kontrakt miqdori minimum 91 mln 299 ming söm (10 x 9.129.930).
❕BU MUHIM: ötiş baliga 4,05 balldan köproq yetmay qolgan va 56,7 balldan köp töplaganlarning hammasiga bir xil narx böladi. Yaʼni 5 ball yetmagan ham, 50 ball yetmagan ham bir xil tölaydi. Öşançun menga 10 ball yetmadi, menga 30 ball yetmadi, qança böladi, deb söraşdan foyda yöq.
3️⃣ 3-toifa: 56,7 balldan kam töplaganlar
Bunday abituriyentlar ham super-kontraktda öqişi mumkin, faqat kamida 2-toifadagilar tölaydigan summaning 2 barobarini tölaşadi. Masalan, abituriyent iqtisod yönalişiga topşirib, 40 ball töplagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming söm tölaşi kerak (2 x 91.299.300).
Xullas, Siz töplagan balingiz asosida kamida taxminan qança super-kontrakt tölaşingizni bemalol özingiz hisoblab körişingiz mumkin.
ℹ️ Sözim sönggida yana qaytaraman, aniq summani faqat OTM orqali bila olasiz. Super-kontrakt tölaşning qolgan texnik va taşkiliy tomonlarini ham OTMlardan aniqlaştiring.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3
