Matnazar Abdulhakimning Darsdan söng şeʼri
Balki köpçilik bu şeʼrni öqigandir, şunday bölsa-da, yana bir bor kanalda eʼlon qilgim keldi:
“DARSDAN SÖNG”
Kimnidir koyidi çekkani uçun.
Tortib olib qöydi gugurtini ham.
Maşq daftarlarini yiğdi-da, söngra
Bir-bir sanab kördi. Yetti daftar kam.
«Har gal şunday ahvol. Uyalmaysizmi?
Kelasiz öqişmas, qiliş uçun sayr.
Bu safar ham ikki qöymay turaman,
Ertaga qolganlar topşirsinlar. Xayr».
Qiş kuni — bir tutam. Qoraygandi qoş.
Ikkilandi. Ötmak kerak, axir, qirdan.
Eri ham kelmadi olib ketişga
«Köngli sovidimi…» — vahm etdi birdan.
Hamkasb dugonasi qistovga tutib,
«Tunab keting, — dedi. — Keç bölib qoldi»
Könmadi. Qöltiqlab maşq daftarlarni
Uyga yolğiz özi yayov yöl oldi.
Ovul tugab, endi qirga çiqqanda
Oqşom quyuq edi, atrof sim-siyoh.
Yöldan qaytmoqçi ham böldi bir öyi.
«Öğlim xastalanib qoldimikan yo…»
Yuragini battar vahima bosdi,
Qamradi tundan ham battar bir qörquv.
Önqirmi, çönqirmi, örmi, qir demay
Yana ketaverdi, ketaverdi u.
Mudhiş bir şarpani ilğadi nogoh,
Razm solsa qaşqir. Qilardi taʼqib,
Esladi yirtqiçning qörqişin ötdan,
Iziga bir daftar taşladi yoqib.
Qaşqir töxtab qoldi. Söng — yana, yana,
Muallima omon topgan bu olov
Yirtqiçga berardi ilojsiz sabr.
Yölovçi — yoqardi, qaşqir — töxtardi,
Tin olardi ikkov har daftarda bir.
Yöl uzoq, tun qaro, qaşqir esa oç,
Oç yirtqiç bilarmi nadir sadoqat.
Uyga yaqin qolgan vaqtda tugadi
Muallimda daftar, qaşqirda — toqat.
Uvvos fiğon tutdi qişloqni tongda,
Zamin aza oçdi, zamon yiğladi.
Daftar topşirmagan yetti öquvçi
Hammadan ham yomon yiğladi.
Nönoq nazmim uçun afv et, xalqim,
Na olim, na fozil, na söz piriman.
Öz vaqtida daftar topşira olmay
Qolgan bolalarning biriman.
Men yaxşi bilaman, tumor qilmaydi
Yozgan şeʼrlarimni oşiqlar.
Men yaxşi bilaman, qöşiqlarim jön,
Bilaman, bular bir oddiy maşqlar.
Lekin… ketmakdasan kelajak sari
Tap tortmay qismatning daşt, qirlaridan.
Özimça asragim keladi seni
Yovuzlik, xiyonat qaşqirlaridan.
Men maşq bajaraman, yozaman har kun
Daraklar, söroqlar, xitoblarimni.
…Sen yöl böyi yoqib taşlab ketaver
Qaşqirlar qörqquvçi kitoblarimni…
Matnazar ABDULHAKIM
👉 @xushnudbek 👈

