Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Navoiyni bilmaganlarga qiz bermasin bironta özbek

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalVideo2 daqiqa0tahrirlangan

Navoiyni bilmaganlarga…

Gurjistonda şunday udum bor:
Qizga kelsa yigitdan sovçi,
Kimligiga qilmay eʼtibor
Kosibmi u, dehqonmi, ovçi…

Ilk savoli faqat şu bölar,
Öqiganmi Rustavelini?
Şu vajdati şoirin bilar
Gurjilarning kuyov-kelini.

Har özbekning uyiga birrov
Buyurganda sovçilar taşrif.
Navoiyni bilarmi kuyov?
Deb söraşni qilurman taklif.

Şunday talab qöyilsa, alhol
Qörqmang, qolmas qizlarimiz toq
Buyuk şoir şeʼrlarin darhol
Yod olardi, har oşiq böydoq.

Nazmi – millat
Yuragi Vatan,
Navoiydan poklanar iymon.
Navoiyni dunyo olar tan,
Bizga nasib navoli çaman.

Uluğlikka timsol, andoza,
Har bir sözi ilohiy va haq.
Vijdoni but, yuragi toza,
Navoiydan madad olgan xalq.

Qalbini işq tilmaganlarga,
Nasib etmas faxrli özlik.
Navoiyni bilmaganlarga,
Qiz bermasin bironta özbek!

Qambar Ota ©

Video: Maestro art group

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2034
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek