Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Alişer Navoiy tavalludining 580-yilligi nişonlanadi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Manba:UzA | Tezkor xabarlar

Alişer Navoiy tavalludining 580-yilligi keng nişonlanadi

Prezidentning tegişli qaroriga (PQ-4865, 19.10.2020y) köra, 2021-yilda buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy tavalludining 580-yilligi keng nişonlanadi.

Qarorga köra:

👉 Alişer Navoiy hayoti va ijodini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng örganiş va tarğib qiliş maqsadida Alişer Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi taşkil etiladi;

👉 Alişer Navoiyning ijodiy merosini çuqur örganiş va ommalaştirişga ulkan hissa qöşgan mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy-ijodiy muassasalarini taqdirlaş maqsadida Alişer Navoiy ordeni taʼsis etiladi;

👉 xorijiy davlatlarda saqlanayotgan Alişer Navoiy qalamiga mansub va u yaşagan davrga oid qölyozmalarning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib keliş çoralari köriladi;

👉 Alişer Navoiy hayoti va ijodiy merosini tadqiq etiş böyiça ilmiy tadqiqot işlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilinadi;

👉 2021-yil oxiriga qadar Özbekiston Milliy kutubxonasida Alişer Navoiy asarlari hamda navoiyşunoslik fani böyiça amalga oşirilgan ilmiy tadqiqotlarning elektron platformasi yaratiladi;

👉 2021-yilda Toşkent şahrida Alişer Navoiy nomidagi ijod maktabi taşkil etiladi;

👉 2021-yil noyabr oyining birinçi ön kunligida Navoiy şahrida “Alişer Navoiy ijodiy merosining başariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi örni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etiladi.

Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek