Şavkat Mirziyoyev Zakovat turniri finalini kuzatganini aytdi
Şavkat Mirziyoyev “Zakovat”ning jurnalist va blogerlar örtasidagi turnir finalini körganini aytdi
Prezident yoşlar kuni munosabati bilan nutqi davomida “Zakovat” klubi vakillari bilan gaplaşgani haqida sözlab berdi.
“Mana men bugun zakovatçilar bilan ham gaplaşdim. Yangi rejalar haqida gaplaşib oldik. Birinçi taşabbusni Xorazmdan boşlaydigan böldik, ertaga Xorazm viloyati hokimi kerakli topşiriqlarni oladi.
Zakovatning OAV örtasida ötkazilgan finalini körib, özim ham xursand böldim. Tasavvur qilinglar, u yerda berilayotgan bitta savolni topiş uçun qança kitob öqigan böliş kerak.
Mahallalardagi yoşlar yetakçilari endi har bir köça kesimida kitobxonlik, “Zakovat” va boşqa intellektual
öyinlarni yölga qöyadi.
Bunday tanlovlar har haftada – mahalla kesimida, har oyda – tuman miqyosida va har çorakda viloyat darajasida ötkazib borilişi kerak. Bu orqali 2 millionga yaqin yoşlar qamrab olinadi”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 889

