Zakovat intellektual öyinini rivojlantiriş çoralari belgilandi
"Zakovat" klubi aʼzolari va "Zakovat"ning barça muxlislari uçun xuşxabar!
Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning maʼlum qilişiça, bugun Şavkat Mirziyoyev “Zakovat” intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantiriş va boşqa intellektual öyinlarni rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida"gi qarorni imzolabdi.
Qarorga köra:
➖ 2022-yildan boşlab, bosqiçma-bosqiç umumiy örta, Prezident, örta maxsus va professional hamda oliy taʼlim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yölga qöyiladi hamda hududlardagi Yoşlar markazlarida intellektual öyinlar jamoalari uçun alohida xonalar taşkil etiladi;
➖ 2022/2023 öquv yilidan boşlab intellektual öyinlarning respublika bosqiçida ğolib bölgan öquvçi yoşlar va talabalar uçun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi;
— 2022-yildan boşlab har yili talabalar örtasida Intellektual olimpiada taşkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uçta örinni qölga kiritgan oliy taʼlim muassasasiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovğasi topşiriladi;
— intellektual öyinlarning respublika bosqiçida ğolib va sovrindor bölgan umumiy örta, örta maxsus va professional taʼlim muassasalari öquvçilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqiçiga bazaviy tölov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
— taʼlim muassasalarida taşkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bölgan professor-öqituvçilarga mehnatga haq tölaş fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama tölab beriladi;
— 2022/2023 öquv yilidan boşlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri ötkazib boriladi;
➖ yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş, ularga motivatsiya beriş maqsadida maşhur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari bilan uçraşuvlar taşkil etib boriladi;
➖ “Zakovat” va boşqa intellektual öyinlarining hududiy va respublika bosqiçi ğoliblarini öz mutaxassisligi böyiça kadrlar zaxirasiga oliş hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlaş amaliyoti yölga qöyiladi;
➖ Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi “Yoşlar oromgohi”da mavsumiy işlaydigan “Intellektual maktab” loyihasi yölga qöyiladi;
➖ “Yangi Özbekiston boği”ga tutaş hududda “Zakovat intellektual öyinlari klubi” uçun alohida bino hamda “Intellektual öyinlar şaharçasi” barpo etiladi. Mazkur binolar Yoşlar işlari agentligining balansida böladi;
➖ intellektual turnirlar taşkil qiliş, bilimdon yoşlarni rağbatlantiriş, yoş avlodning intellektual salohiyatini oşirişga qaratilgan kompyuter va mobil öyinlarni yaratgan dasturçilarga grant va subsidiyalar ajratiş maqsadida 2022-yilda 50 mlrd söm miqdorida, keyingi yillarda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat byudjetidan mablağ ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1902

