Mahallalarda yoşlar yetakçisi lavozimi joriy etildi

Matn20-yanvar, 2022, 08:482 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mahallalarda yoşlar yetakçisi lavozimi joriy qilindi, maktablarda esa bu lavozim tugatildi

Prezidentning tegişli qaroriga binoan, har bir şaharça, qişloq, ovulda, şuningdek, şaharlar, şaharçalar, qişloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoşlar yetakçisi lavozimi joriy etildi.

👉 Yetakçining oylik iş haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravişda quyidagiça belgilandi:

➖xonadonlar soni 500 tagaça bölgan mahallada – mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming söm);

➖xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagaça bölgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming söm);

➖xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bölgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming söm).

👉 Yoşlar işlari agentligiga Yetakçilarni har çorak yakuni böyiça oylik iş haqining 50 foizigaça miqdorda mukofotlaş huquqi berildi.

👉 Har çorakda yuqori natijadorlikka erişayotgan mamlakat böyiça eng ilğor 100 nafar Yetakçilar 1 oylik iş haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👉 Boşqa hududlardan kelib öz faoliyatini olib borayotgan Yetakçi uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravarigaça (540 ming söm) bölgan miqdorda turar joy ijara tölovi qoplab beriladi.

👉 Yil yakuni böyiça öziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erişgan Yetakçilarga uy-joy oliş uçun subsidiya beriladi.

👉 Yetakçi lavozimiga işga qabul qilingan şaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.

👉 Uşbu yetakçilarning ştat birliklari umumiy örta taʼlim maktablaridagi 10 ming nafar yoşlar yetakçilari ştat birliklarini qisqartiriş hisobidan şakllantiriladi.

👉 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda ştat birliklari qisqartirilgan xodimlarning iş bilan taʼminlanişi çoralarini köradi.

ℹ️ Qarorning töliq matni bilan ÖzAda tanişişingiz mumkin:
http://uza.uz/posts/338919

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2050
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek