Nukusda yölni tösib qöygan ayollarning iş haqi tölanadi
Nukus şahrida yölni tösib qöygan ayollarning 591 mln sömlik tölanmagan iş haqi bugun töliq beriladi
Keça internetda Nukus şahrida jamoat işida qatnaşgan bir guruh xotin-qizlar ularga mehnat haqi öz vaqtida tölanmaganligi uçun avtomobil qatnov yölida norozilik namoyişi ötkazganligi töğrisida maʼlumotlar tarqalgandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining maʼlum qilişiça, noyabr oyida Nukus şahrida 1 184 nafar işsiz fuqaro qöşimça ravişda mahalla fuqarolari yiğinlari buyurtmasiga asosan jamoat işlariga jalb etilgan va ularga 817 million söm iş haqi hisoblangan.
Hozirgi kunga qadar fuqarolarga 226 million söm iş haqi tölab berildi, qolgan 591 million söm mablağ Nukus şahar aholi bandligiga kömaklaşiş markazi tomonidan 18-dekabr kuni töliq tölab beriladi.
“Örganiş yakuni bilan aybdor şaxslarga nisbatan intizomiy çoralar köriladi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
👉 @xushnudbek 👈


