OTMlarni Dori-Darmon bilan ishlashga majburlash qonuniy topildi
Antimonopoliya qömitasi: dori vositalarini faqat “Dori-Darmon” AKdan sotib olişga OTMlarni majburlaş qonunga zid emas
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi “Oliy taʼlim muassasalari talaba-yoşlari va xodimlari uçun koronavirus infeksiyasi profilaktisi böyiça yöriqnoma”sini örganib, unda qonunbuziliş holatlarini aniqlamabdi.
«Maxsus komissiyaning qarori va qonunçilik talablaridan kelib çiqib, ayrim hollarda davlat buyurtmaçilari töğridan–töğri xaridlarni amalga oşirişlari mumkin.
Xususan, «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida Prezident qarori ilovasining (Davlat buyurtmaçilari tomonidan töğridan-töğri şartnomalar böyiça xarid qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar) röyxati) 13-bandida “Epidemiyaga qarşi (şu jumladan veterinariyaga oid) preparatlar, qişloq xöjaligi zararkunandalariga qarşi kuraşiş uçun kimyoviy vositalar, şuningdek, favqulodda holatlarda vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan tabiat hodisalari, epidemiyalar, kasalliklar tarqalişining oldini oliş yoki uning oqibatlarini bartaraf etiş uçun boşqa zarur tovarlar (işlar, xizmatlar)” kiritilgan», - deyiladi qömita xabarida.
Xullas, tuşuntiribroq aytadigan bölsak, OTMlar dori vositalarini sotib oliş uçun töğridan-töğri şartnoma tuzişga haqli, buning uçun birjaga qöyiş şartmas, demoqçi qömita. Şuning uçun 2ta vazirlikning qöşma qarori bilan barça OTMlarga “Dori-Darmon” AKdan bir neça yuz million sömlik dori vositalari majburlab töğridan-töğri sotilişi qonunga xilof emas ekan.
Bu borada bizning öz qaraşlarimiz bor albatta.
Xöp, OTMlar dori vositalarini olmoqçi bölsa, töğridan-töğri şartnoma tuza olar ekan, tuşundik. Lekin nega aynan “Dori-Darmon” AK? Nega vazirliklar barça OTMlar uçun qaror qabul qilib, ularni muayyan bitta kompaniya bilan şartnoma tuzişga majburlayapti? Nega şartli ravişda Alfa, Betta yoki Gamma degan kompaniyalar emas, aynan “Dori-Darmon” AK tanlanyapti? Bu tanlov ortidan kimlarningdir katta manfaatlari yöqligiga kim kafolat bera oladi? Barça OTMlar bozorda arzonroq va balki sifatliroq bölgan boşqa yetkazib beruvçilar bilan töğridan-töğri şartnoma tuzsa bölmaydimi?
Men aynan “Dori-Darmon” AKga qarşi çiqayotganim yöq, balki ular rostdan ham eng maqbul va sifatli taklifni berayotgandir. Gap bunda emas. Gap nima uçun tanlov imkoni yöq, nima uçun katta-katta davlat xaridlari haligaça kimlarningdir xohiş-irodasi va şaxsiy qaraşi asosida, bozor qonuniyatlariga rioya qilinmasdan amalga oşirilayotgani haqida ketmoqda.
Xullas, doimgidek savollarimiz köp, javoblar esa hozirça yöq. Va bu gapirganlarimizdan biror foyda bölmasa ham kerak. Baribir milliard sömlardan iborat şartnomalar töğridan-töğri tuzilaveradi, baribir butun boşli Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti koronavirusga qarşi befoyda va hattoki zarari bor deya maʼlum qilgan gidroksixloroxin (plakvenil) dorisi million dona sotib olinaveradi, davlat byudjetidan pullar qayoqqadir sarflanaveradi...
👉 @xushnudbek 👈

