Özbekiston kommunal tizimidagi muammolar va qarzlar
Manba:davletovuz
Söralişi kerak bölgan savollar
Özbekiston kommunal tizimi iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlaridan söng xalqaro kreditorlarning eng köp mablağlarini jalb qilgan soha hisoblanadi. Birgina 2017 — 2019-yillarda taşqi qarzlar hisobidan mamlakatda içimlik suvi bilan taʼminlaş va suv taʼminotini yaxşilaş loyihalariga 762 mln dollar mablağ jalb qilingan.
Masalan, qarzimiz köp, infratuzilma eskirgan deya içimlik suvi va kanalizatsiya tariflarini oşirmoqçi bölgan Toşkent şahri içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş uçun ham Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan 30 mln dollarlik mablağ olingan. Xöş, uşbu mablağlarga nima işlar qilindi? Qayerda va qança quvur almaştirildi, qaysi nasos taʼmirlandi yoki yangilandi? Nega özbekistonlik isteʼmolçilar “dvoynoy” tölov qilişga majbur bölayapti? Bu qarzlarning barçasi davlat kafolati bilan olingan bölsa (oxir-oqibat budjet, yaʼni xalqning pulidan yopiladi), ikkinçisi tariflarni oşiriş orqali xarajatlar yana va yana nega xalqning böyniga osilmoqda? Nega million-million dollar mablağ sarflab ham, "içimlik suvi va kanalizatsiya tarmoği eskirgan, investitsiya kiritilmagan" deymiz?
Nega har 3-4 yilda kommunal tizimning egalari özgaraveradi? Rahbarlar emas, aynan taşkilotlar? Bu sohada vorisiylik, javobgarlik neçoğli taʼminlanayapti? Deylik, şartli “Özkommunxizmat” tugatilişi bilan uning zimmasida qarzlarni byudjetga haydavoriş bölmayaptimi? Öğrilar yeb ketaveradi, xalq tölayveradimi? Nega jamoatçilik bilan murosaga borilmaydi?
Nazarimizda, u yoki bu zararkunanda taşkilotning “öngga-sölga” qilgan xarajatlari ortidan yuzaga kelgan boqimanda qarzlari uçun emas, balki umumiy murosa va jamoatçilik kelişuvi asosida qadam taşlanişi kerak.



