Toşkentda suv narxi oşişi 10-mayga qoldirildi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganŞoh va mot!
Ertalab «Suvsoz» haqida yozganlarimiz ayrimlarga, ayniqsa şu taşkilotda işlaydiganlarga yoqmagan edi va bir qança eʼtirozlar bildirişdi.
Biroz avval xuddi şu masala böyiça Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Telegram kanalida bayonot bilan çiqdi. Uni töliğiça eʼlon qilamiz:
«Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ijtimoiy tarmoqlarda «Toşkentda 24-apreldan sovuq suv narxi oşdi. «Suvsoz» bu haqda 25-aprel kuni xabar berdi» mavzusida 2019-yil 26-aprelda tarqalgan xabarlar böyiça quyidagilarni maʼlum qiladi.
Özbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar töğrisida”gi Qonunining 7-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori talablarida yangi narx (tarif)lar tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ular kuçga kirişidan kamida ön beş kun avval ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinişi belgilangan. Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan mazkur Qonun talabi doimiy ravişda nazorat qilib boriladi.
“Suvsoz” DUK tomonidan maxsus ustama narxlari yuzasidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilmay, “Toşkent oqşomi” gazetasining 2019-yil 9-apreldagi 57-sonida Toşkent şahar hokimligi tomonidan 2019-yil 2-apreldagi “Toşkent şahrida içimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdorini belgilaş töğrisida”gi 499-sonli qarori çop etilganligi korxona tomonidan eʼlon berilgan deb hisoblanilgan. Bu bilan korxona tomonidan Özbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar töğrisida”gi Qonunining 7-moddasi talablariga amal qilinmagan.
Yuqoridagilarga muvofiq, “Suvsoz” DUK tomonidan Toşkent şahrida içimlik suvi va kanalizatsiya xizmati tariflariga maxsus ustama haq miqdorini belgilaş böyiça www.suvsoz.uz veb-sayt orqali 2019-yilning 25-aprelida isteʼmolçilarga eʼlon berilganligini inobatga olib, amalga kiritiladigan yangi narx (tarif, maxsus ustama)larni mazkur eʼlon berilgan sanadan ön beş kundan keyin, yaʼni 2019 yining 10-mayidan amalga kiritilişi lozimligi töğrisida Qömita tomondan “Suvsoz” DUKga tegişli körsatma berilganligi maʼlum qilinadi.
Qömita körsatmasi “Suvsoz” DUK tomonidan bajarilmagan taqdirida korxonaga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralar qöllanilişi bildiriladi».
Bayonot tugadi. Bölarkan-u!
👉 @xushnudbek 👈

