Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Toşkentda sovuq suv tölovlari oşirilgan narxda olinmoqda

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Manba:Daryo — LIVE

​​Toşkentda sovuq suv uçun tölovlar 10-maydan kuçga kirişi lozim bölgan narxlarda qabul qilinmoqda

Toşkent şahrining bank kassalarida sovuq suv uçun tölovlar oşirilgan narxlarda qabul qilinmoqda. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Kassirlarning sözlariga köra, sovuq suv uçun tölovlarni yangi narxlarda qabul qiliş böyiça buyruq 24-aprel kuni çiqarilgan, uşbu buyruq hozir ham amal qilmoqda.

25-aprel kuni «Suvsoz» korxonasi Toşkentda 24-apreldan sovuq suvning narxi oşirilgani haqida maʼlum qilgandi. 26-aprel kuni esa Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi uşbu holatga munosabat bildirgandi.

Qömita axborotiga köra, tabiiy monopoliya subyekti hisoblangan «Suvsoz» korxonasi yangi narx (tarif)lar haqida ular kuçga kirişidan kamida 15 kun avval OAVda eʼlon qilinişi lozimligi töğrisidagi qonunçilik talabiga rioya etmagan.

Şu bois «Suvsoz»ga yangi narx (tarif, maxsus ustama)larni 10-maydan amalga kiritilişi lozimligi töğrisida körsatma berilgan. Qömita körsatmasi «Suvsoz» tomonidan bajarilmagan taqdirida, korxonaga çoralar qöllanilişi bildirilgan edi.

Şundan söng, 30-aprel kuni «Suvsoz» rasmiy saytida yangilangan narx (tarif)lar 10-maydan amalga kiritilişi haqida maʼlumot berilgan edi.

Şunga qaramay, kassalarda sovuq suv uçun tölovlar 24-apreldan beri oşirilgan narxlarda qabul qilinmoqda.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek