Mineral suvlarga import boji oşirilişiga oid izoh

Matn1-may, 2019, 16:172 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mineral suvlarga import boji oşirilişiga oid izoh

Yuqorida davlat bojxona qömitasi mineral suv importiga bojxona bojlarini oşirişni taklif qilayotgani haqida yozilgan edi. Maʼlum bölişiça, mazkur qaror aynan «Borjomi» suviga taʼsir qilmaydi.

Sababi erkin savdo tartibini nazarda tutuvçi bitimlar imzolangan erkin savdo zonasini taşkil etiş töğrisidagi bitim iştirokçilari bölgan davlatlar (kelib çiqiş mamlakati töğrisidagi sertifikati bölsa) import bojxona bojidan ozod etiladi. Bunday davlatlar soni 10 ta bölib, uşbu hujjat Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 8-aprelda 429-son bilan röyxatga olingan. Ular quyidagilar:

1. Belarus
2. Gruziya
3. Qozoğiston
4. Qirğiziston
5. Moldova
6. Rossiya
7. Turkmaniston
8. Ukraina
9. Tojikiston
10. Ozarbayjon

Yaʼni ayni mana şu davlatlardan olib kelinadigan tabiiy yoki sunʼiy mineralli, gazlangan, şakar qöşilmaydigan yoki boşqa taʼm beruvçi yoxud aromatik moddalarga ega suvlarga import boji oşmaydi, qolgan barça davlatlardan kiradigan mahsulotlarniki esa oşadi.

Ammo!

Ammo bu narsa yuqoridagi post mohiyatini mutlaqo özgartirmaydi. Çunki mineral suvlarga import bojini oşiriş taklif qilinayotgani ayni haqiqat, u qaysi mineral suvlarga taʼsir qilişi esa boşqa masala.

Gap aynan «Borjomi»da ham emas, @daryo_live va @davletovuz uni «Borjomi»ga öxşaş suvlar» deya şunçaki misol sifatida keltirgan. Axir Özbekistonga mineral suvlar faqat şu 10 ta davlatdan keltirilmaydiku. Fransiyadan keltiriladigan Evian, Italiya brendi bölgan St. Pellegrino mineral suvlari ham bor, masalan.

Gap import bojlarining asossiz oşirilişida va bu qaror iqtisodçi Yuliy Yusupov aytganidek, «bozorda raqobatni zaiflaştirib (va muqarrar ravişda mahsulot sifatini yomonlaştirib, uning narxini oşiradi), kontrabanda, yaşirin iqtisodiyot va (bojxona, çakana taşuvda) korrupsiya darajasini oşirişga» olib kelişida. Mana, masala qayerda!

Xorijdan olib kirilayotgan mineral suvlar tannarxi maʼmuriy yöl bilan oşirilayotgan bir paytda soğlom raqobat haqida yana qanday gap-söz bölişi mumkin, hayronman.

Lekin bu özgariş katta ehtimol bilan baribir tasdiqlanadi, dod desak ham, voy desak ham, foydasi bölmaydi, menimça. Mana şunaqa gaplar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek