Proteksionizm va mahalliy işlab çiqaruvçilar muammosi
Keçagi, «Özbekistondagi mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş uçun import bojlarini, aksizlarni oşiraylik» degan orzuda yurgan tadbirkorlar haqidagi reportaj yuzasidan bir muştariy yozyapti:
«Huggies Rossiyada işlab çiqariladi. 4 razmerdagisining kelib tuşiş narxi 900 sömga töğri keladi, import bilan birga narxi şunaqa. Kippers içki bozorga 1550 sömdan sotadi. Lekin sifat tomonlama Huggies’ga çoy quyib beradi. Nega endi isteʼmolçi ham qimmat, ham nisbatan sifati pasroq tovar olişi kerak?».
Boşqa muştariy yana bir qiziq fikr bildirgan:
«Import tayyor mahsulot uçun bojlarni oşirişni söramasdan, import xomaşyo uçun bojlarni bekor qilişni sörasa bölmaydimi jonkuyar vatanparvarlarimiz».
Iqtisodiyotçi Botir Qobilov yozyapti:
«Istalgan isteʼmolçi şunday savol berişga haqli: davlatdan çegaralarni yopişda yordam söraş örniga nega dastlab samarali bölişga, xarajatlarni qisqartirişga, sifatni yaxşilaşga, mijozlar talabini qondirişga, marketing bilan şuğullanişga, boşqalar bilan raqobatlaşişga va hokazolarga harakat qilib körmaysiz?
Mahsulot Özbekistonda işlab çiqarilganmi yoki xorijda — bu isteʼmolçilarni, ayniqsa ular kambağal bölgan bir vaziyatda, köp ham qiziqtirmaydi. Isteʼmolçilarga tanlov imkoniyati berilişi kerak. Halol raqobat, bozordagi adolatli narx va yaxşi sifat hosilasi ölaroq yuzaga kelgan tanlov. Ikkilamçi muammolar esa — ikkilamçi.
...Avvalgi xatolarimiz şuni körsatmoqdaki, proteksionizm (mahalliy işlab çiqaruvçilar, içki bozorni himoya qiliş) — bu yomon va işlamaydi. Yana 2—3 yil proteksionizmga çidab turiş haqidagi iltimos esa taksi haydovçisi yoki bozordagi sotuvçining ‘ozgina qöşing’ deganidan ham yomonroq».
Iqtisodiyotçi Behzod Hoşimovning fikrlari:
«Özi bojlar yuqoriligi böyiça jahon çempionimiz, import qilişga eng qiyin byurokratiya böyiça dunyoda yaqqol peşqadammiz... Lekin davlatimiz hali ham ‘proteksionizm bizni raqobatbardoş qiladi’ degan bölmağur ğoyaga işonyapti. Yaʼni, şunça himoya bilan ham heç nima rivojlanmagani bizga saboq bölmayapti.
Ha, mayli, nima ham qilardik. Xalq çidayveradi-da. Çorak asrdan beri savdo uçun çegaralarimiz heç oçilmagan edi, yana çorak asr çidab beramiz-da. Undan keyin örganib ham ketamiz. Qaşşoqlikka.
Vaqtinçalik himoya haqidagi gapni esa tarixni yaxşi bilmaydigan inson gapirganga öxşaydi. Bojlar vaqtinça bölmaydi. 4 yildan keyin: «Bizda bu sohada 10 ming odam işlayapti, endi bojlarni bekor qilsangiz, hammasi köçada qoladi», deb kelişadi. Unda nima qilamiz?
Bilasizmi-yöqmi, lekin bizda juda köp iqtisodiyot tarmoqlariga vaqtinçalik himoya qiliş Karimov hukumati davrida maşhur çora edi. Yaʼni, ‘özbek avtomobillari ham kelajakda raqobatbardoş böladi, bu himoya vaqtinçalik çora’, deyişgan edi. Tariximizning deyarli proteksionist qarorlari ‘vaqtinçalik’ edi. Öxşamadi-ku».
Mahalliy işlab çiqaruvçilar yomon köradigan Zafar Hoşimovning fikrlari (ular Hoşimovni çaqirmay, uning orqasidan rosa gapirişganidan «Korzinka.uz»ning asosçisi va egasi unçalik ham xursand emas):
«Ha, biz xorijda işlab çiqarilgan mahsulotlar importi va distributsiyasi bilan şuğullanamiz, ammo bu biznesimizning bor-yöği 20 foizini taşkil etadi. Savdolarimizning 80 foizini mahalliy işlab çiqaruvçilarning mahsulotlari taşkil etadi va şu jihatdan siz, mahalliy işlab çiqaruvçilarimiz, barça kamçiliklarda boşqalarni ayblaşdek bolalar kasalligidan tezroq davolanişingiz juda muhim ahamiyatga ega...
Davlatdan himoya etiş talabi bilan qilayotgan işingiz öz isteʼmolçilaringizga öz mahsulotingizni zörlik işlatib, ularning xohişiga zid ölaroq, katta tariflar orqali tiqiştirişdan boşqa narsa emas. Bu ularning çöntaklariga bozor metodlari emas, balki oçiqçasiga maʼmuriy yöllar bilan yanada çuqurroq kirib oliş istagidan boşqa narsa emas».
@muhrim bunga qöşimça qilib, «xullas, ayrim mahalliy işlab çiqaruvçilarimiz hali-beri odam bölmaydi. Ular özbekistonliklarning boy bölişini ham xohlamaydi — ular faqat öz mahsulotlari sotilişini xohlaydi, xolos» demoqda.
👉 @xushnudbek 👈
