Hisob palatasi töğrisidagi qonun imzolandi
Hisob palatasi töğrisida qonun imzolandi
Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining Hisob palatasi töğrisida»gi qonunga imzo çekdi.
Qonun 50 ta moddadan iborat.
👉 Qonunga binoan, Hisob palatasi davlat taşqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir;
👉 Hisob palatasi öz faoliyatida bevosita Prezidentga böysunadi, Prezidentga, şuningdek Oliy Majlis palatalariga hisobdordir;
👉 Hisob palatasining tuzilmasi va ştatlarining çeklangan soni Prezident tomonidan tasdiqlanadi;
👉 Hisob palatasiga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan hamda Senat tomonidan tasdiqlanadigan rais rahbarlik qiladi;
👉 Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari, örinbosarlari, şöʼba mudirlari, boş inspektorlari, yetakçi inspektorlari va inspektorlari Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi;
👉 Hisob palatasi öz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki hamda yakuniy nazorat tarzida taftiş, tekşiriş va örganiş şaklida nazoratni amalga oşiradi;
👉 Hisob palatasi öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida körsatmalar va taqdimnomalar qabul qiladi, şuningdek tahliliy maʼlumotlar hamda xulosalar tayyorlaydi.
Uşbu Qonun 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuçga kiradi.
Qonunning töliq matni rasmiy manbalarda eʼlon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈



