Özbekistonda magistraturaga qabul boşlandi
Bugundan magistraturaga qabul boşlandi
#abituriyent
👉 MAGISTRATURA KVOTASI
👉 MAGISTRATURAGA QABUL NIZOMI
👉 Magistraturaga quyidagi hujjatlar topşiriladi:
• oliy maʼlumotni tasdiqlovçi diplom va unga ilova (byudjetda öqiganlar uçun diplomdan köçirma);
• çop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglaştirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bölgan holda);
• 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
• 086-U-şakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
• qonun hujjatlariga muvofiq öqişga kirişda imtiyoz beruvçi hujjatning asl nusxasi;
👉 hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgaça qabul qilinadi;
👉 hujjatlar topşiriş bepul, avvalgi yilda bitirganlardan ham pul olinmaydi, bu tizim faqat bakalavrga taalluqli;
👉 hujjatlar bevosita OTMlarning özida qabul qilinadi, DXM yoki boşqa OTMlar orqali hujjatlar olinmaydi;
👉 magistraturada faqat bitta yönalişga hujjat topşiriş mumkin;
👉 joriy yilda ilk marotaba bakalavr böyiça turdoş mutaxassisliklarni tugatmaganlar ham magistraturaga hujjat topşira olişadi. Faqat hozirça OTMlar kesimida ruxsat etiladigan mutaxassisliklar röyxati tasdiqlanmadi, kutib turişga töğri keladi. Batafsil: https://t.me/xushnudbek/2003
👉 joriy yildan boşlab magistraturaga xuddi bakalavr kabi super-kontrakt tizimi ham joriy etiladi;
👉 imtihon faqat 2 ta fandan böladi: mutaxassislik fani (100 ballgaça) va çet tili (50 ballgaça);
👉 şuningdek, bitiruvçining diplom ilovasida qayd etilgan örtaça özlaştiriş körsatkiçi ham qöşiladi (100 ballgaça);
👉 magistraturaga öqişga kirişda eng köp (maksimal) töplanişi mumkin bölgan ball — 250 ni taşkil etadi;
👉 xalqaro tan olingan çet tilini biliş darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL böyiça kamida 72 yoki IELTS böyiça kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR böyiça kamida V2) yoki DTM tomonidan beriladigan V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga çet tilidan 50 ball qöyiladi va ular çet tilidan kiriş sinovida iştirok etmaydi;
👉 bundan buyon magistratura uçun quyidagi fanlardan imtihon bölmaydi:
- ilmiy va ilmiy-pedagogik işlarga qobiliyati hamda qiziqişini aniqlaş maqsadida suhbat;
- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani böyiça;
- Özbekistonda demokratik jamiyat quriş nazariyasi va amaliyoti fani böyiça;
👉 kiriş sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15-avgust kunlari ötkaziladi;
👉 kiriş sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topşiriş man etiladi;
👉 mutaxassislik böyiça maxsus fandan kiriş sinovi uçun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball töplaganlar, şuningdek, belgilangan muddatlarda kiriş sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kiriş sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi;
👉 abituriyent sinov natijasidan norozi bölgan taqdirda, sinov natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boşlab 24 soat davomida sinov işini apellyatsiyaga berişi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani körib çiqiş muddati ikki kundan oşmasligi lozim.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

