Sirtqi taʼlimga hujjatlar qabuli boşlandi

Matn1-iyul, 2019, 09:282 daqiqa0 koʻrish

Bugundan sirtqi taʼlimga hujjatlar qabuli boşlandi
#abituriyent

JAVOB: Bugun 1-iyuldan sirtqi taʼlimga qabul boşlandi.

👉 SIRTQI KVOTASI
👉 Harbiy tavsiyanoma uçun 5% li kvota

👉 Sirtqiga topşiriş uçun iş staji şart emas. Xoh maktabni, xoh kollej-litseyni tugatiboq, sirtqi yönalişga hujjat topşiriş mumkin. Köpçilik buni maxsus sirtqi bilan adaştirmoqda;

👉 Sirtqiga hujjat topşiriş uçun iş joyidan tavsiyanoma ham şart emas;

👉 Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgaça qabul qilinadi;

👉 Abituriyentlardan pasport va diplom talab qilinadi (agar imtiyoz bölsa, uni tasdiqlovçi hujjat);

👉 Kiriş imtihonlari har yili 16-avgustdan 25-avgustgaça bölgan muddatda ötkaziladi;

👉 Imtihonlari kamida 3 ta fandan muayyan taʼlim yönalişida öqitiş tilida ötkaziladi;

👉 Imtihonlar test yoki kasbiy (ijodiy) va yozma imtihon şaklida ötkaziladi. Qaysi OTMda test böladi, qaysi birida ijodiy imtihon böladi, bunisi Davlat qabul komissiyasi tomonidan oldindan tasdiqlanadi;

👉 Test sinovi DTM tomonidan katta pavilyonlarda ötkaziladi, kasbiy (ijodiy) va yozma imtihonlar esa OTMning özida böladi;

👉 sirtqi taʼlim şakliga ham barça imtiyozlar ötadi (harbiy tavsiyanoma olganlarga, nogironligi bölganlarga, harbiylarning farzandlariga ajratiladigan alohida kvotalar, çet tili sertifikatlari va h.k.);

👉 sirtqi taʼlimda ham uçta yönalişni tanlasa böladi, faqat uçala yönaliş ham sirtqi bölişi şart. Batafsil öqing;

👉 kiriş imtihonlari topşiriqlari umumiy örta (11-sinf negizida), örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi fanlarining öquv dasturlariga muvofiq tuziladi;

👉 sport fanlari böyiça imtihonlar topşiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uçun (jinsi va yoşi böyiça) belgilangan meyoriy talablarga muvofiq tuziladi (masalan, 18 yoşli abituriyentning normativ talabi bilan 40 yoşli abituriyentga qöyilgan talab farq qiladi);

👉 29-avgustga qadar imtihon natijalari eʼlon qilinadi va abituriyentlarni talabalikka tavsiya etiş töğrisida OTM rektorining buyruği çiqariladi.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek