Test sinovlari uçun fanlar majmuasi tasdiqlandi
Fanlar majmuasiga oid fikrlar
Bugun joriy yilgi test sinovlarida tuşadigan savollar böyiça fanlar majmuasi eʼlon qilindi. Eng avvalo taʼkidlaş joizki, agar xotiram pand bermayotgan bölsa, yaqin 10 yilda fanlar majmuasi eng erta eʼlon qilindi. Avvalgi yillarda har doim fanlar majmuasi juda keç, imtihonga sanoqli vaqt qolganda maʼlum qilinar, bu esa abituriyentlarga katta muammolarni keltirib çiqarar edi. Masalan, ötgan yili 24-iyunda eʼlon qilingandi.
Bu haqda ilgari ham köp gapirganmiz, nihoyat masʼullar töğri xulosa çiqarişayotgani quvonarli holat. Lekin gap kelganda aytiş kerak, mart oyi ham keç aslida. Menimça, fanlar majmuasi öquv yili boşida, yaʼni sentabr-oktabr oylarida eʼlon qilinişi kerak. Şunda abituriyentlar kelgusi yilgi test sinovlari uçun qaysi fanlardan tayyorlanişini oldindan bilişadi va şunga qarab kuçlarni töğri taqsimlaşadi.
❗️Fanlar majmuasi joriy yilda 5 ta fandan imtihon bölişini rasman tasdiqladi.
Demak, ilk marotaba test sinovlari 2 ta blokdan iborat böladi: majburiy fanlar bloki (3 ta fan) hamda mutaxassislik bloki (2 ta fan).
👉 Majburiy fanlar bloki (barça uçun tuşadi):
Ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan;
Özbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan.
Jami töplaş mumkin bölgan ball – 94.5 ball.
👉 Taʼlim yönalişiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yönalişiga qarab özgaradi):
1-fan - 30 ta savol, har biri uçun 3.1 balldan;
2-fan - 30 ta savol, har biri uçun 3.1 balldan.
Jami töplaş mumkin bölgan ball – 186 ball.
👉 ballarni hisoblaş tizimida özgariş bölmaydi, avval qanday bölsa, şundayligiça qoladi. Yaʼni har bir blokdan töplangan ballar qöşilib, umumiy ballni taşkil etadi va abituriyentlar mana şu 5 ta blokdan töplagan bali böyiça özaro kuraşadi (joriy yil 2ta blokning umumiy bali olindi).
Eng maksimal ball 280,5 ball böladi;
👉 ayrim yönalişlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bölib qolişi mumkin. Masalan, matematika yönalişiga hujjat topşirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test işlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barçasi soddalaştirilgan, eng oson darajada böladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, örtaça, qiyin) böladi.
👉 @xushnudbek 👈


