2020-yilning eng yaxşi imomi va obod masjidi aniqlandi
Özbekiston musulmonlari idorasi ötkazgan sörovga köra, 2020-yilda Özbekistonning eng yaxşi imomi deya Andijon viloyati Baliqçi tumanidagi «Oqqörğon» jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov eʼtirof etildi.
2-örin Toşkent şahar Olmazor tumanidagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Isʼhoqjon Begmatov, 3-örin Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi «Qöçqor ota» jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon Soliyevga nasib etdi.
Nukus şahridagi «Imom Eşon Muhammad» jome masjidi «Eng obod masjid» deb topildi. Bu yönalişda 2-örinni Xorazm viloyati Urganç şahridagi «Oxun bobo» jome masjidi, 3-örinni Andijon viloyati Qörğontepa tumanidagi «Ramazon qori» jome masjidi qölga kiritdi.
👉 @xushnudbek 👈

