Masjidlar har kuni işlaydi: Musulmonlar idorasi izohi
Musulmonlar idorasi: masjidlar har kuni işlaydi!
Maxsus komissiya qarori bilan 17-avgust kuni bomdod namozidan boşlab, yurtimizdagi barça 2070 ta jome masjidlar öz eşiklarini yana mömin-musulmonlarga oçadi.
Ayrim sayt va ijtimoiy tarmoqlarda masjidlar haftada 4 kun işlaydi, juma, şanba va yakşanba kunlari esa faoliyat körsatmasligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Özbekiston musulmonlari idorasi bunga izoh berib, bunday mazmundagi xabarlar anglaşilmovçilik oqibati ekanligini taʼkidladi.
Bayonotda aytilişiça, masjidlar haftada har kuni öz iş faoliyatini olib boradi, faqat juma namozi epidemiologik vaziyat barqarorlaşgunga qadar vaqtinça ado etilmay turadi.
P.S.: Maxsus komissiya qaroridagi "juma va şanba-yakşanbalik diniy xizmatlar" deyilganda, turli din vakillarining (islom, xristian, yahudiylik va h.k.) katta diniy tadbirlari nazarda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈

