Masjidlarda Juma namozi vaqtinça öqilmaydi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan❗️Fatvo: masjidlarda namozlar öqiş davom etadi. Faqat Juma namozi vaqtinça öqilmaydi
Özbekiston musulmonlari idorasi fatvosiga köra, boşqa namozlar barça karantin talablariga rioya qilgan, yaʼni niqob taqqan va oraliq masofani saqlagan holda, masjidlarning oçiq sahnlarida ado etiladi. Masjidlarda qöl berib yoki quçoqlaşib körişiş qatʼiyan taqiqlanadi.
Faqat yuqoridagi sabablarga köra xuddi Hayit namozi kabi Juma namozlari ham vaqtinça öqilmaydi.
Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoşlari iştirokida, xonadonlarda öqiladi. Marhumlarning haqlariga qilinadigan duoi fotihalarni qatʼiy ravişda yurtdoşlarimiz öz xonadonlarida, oila davrasida bajarsinlar, fotihagarçiliklarga borişdan hamda ötganlarning qabrlarini ziyorat qilişdan saqlanib tursinlar.
👉 @xushnudbek 👈
