Masjidlarda namoz öqişga 8-iyundan ruxsat berilişi mumkin
⚡️ Sanitar talablar tufayli masjidlarda namoz öqişga kamida 8-iyundan ruxsat berilişi mumkin
Respublika maxsus komissiyasining keçagi qaroriga köra, 5-iyundan «yaşil» hududlarda joylaşgan diniy taşkilotlar faoliyatiga ruxsat berilişi haqida xabar bergandik. Uşbu masalaga qöşimça rasmiy izoh berildi.
Maʼlum bölişiça, diniy muassasalarda (masjidlar, çerkovlar) ularning faoliyati qayta yölga qöyişda xavfsizlikni taʼminlaş uçun 5-8-iyun kunlari bir qator tayyorgarlik çoralari köriladi. Uşbu çora-tadbirlar diniy muassasalarni sanitariya-epidemiologiya meyorlari va qoidalari talablariga (SanPiN 2020-yil 11-may) qatʼiy moslaştirişga qaratilgan.
Bu çoralarga dezinfeksiya qiliş, ijtimoiy masofani saqlaşni (kamida 1,5 -2 metr) taʼminlaş uçun zarur bölgan maxsus belgilar, zarur jihozlar (pirometrlar, sanitariya va dezinfeksiyalaş vositalari, sanitariya gilamlari va boşqalar) bilan taʼminlaş, diniy muassasalar işçilari bilan öquv seminarlari va boşqalar kiradi.
Mana şu çoralar barçasi amalga oşirilgaç, töliq xavfsizlik taʼminlangaç, diniy muassasalar, masjidlar 2020-yil 8-iyundan boşlab faqat «yaşil» hududlarda faoliyatini boşlaydi. Bunda sanitariya-epidemiologiya meyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyiş şarti bilan), şuningdek, ijtimoiy masofa saqlagan(taşrif buyuruvçilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz öqiş mumkin böladi.
Biroq, fuqarolarning kasallikni nomaʼlum manbalardan yuqtirişi va aholi örtasida koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida hozirça ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakşanba ibodatlari va boşqalar) taşkil etiş taqiqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈


