Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Abituriyentlarga test sinovlari böyiça muhim eslatmalar

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn3 daqiqa0tahrirlangan

⚡️Abituriyentlarga muhim eslatmalar!

#abituriyent

Ertaga, 2-sentabrdan boşlab test sinovlari hamda ayrim yönalişlarga ijodiy imtihonlar boşlanadi. 1 yarim million talabgorlar bilimda öz omadini sinab körişadi.

Şunga köra, abituriyentlar uçun eng muhim eslatmalarni yiğib çiqdik:

👉 test sinovlari 2 smenada bölib ötadi:

1-smena — 08:00-dan 11:00-gaça;
2-smena — 17:00-dan 20:00-gaça.

👉 abituriyentlarni testga kiritiş:

1-smena — 06:30-dan;
2-smena — 15:30-dan boşlanadi.

❗️Abituriyentlar testga kamida 1 soat vaqtliroq borgani özlari uçun foydali.

❌ keçikkan abituriyentlar test sinovlariga qöyilmaydi;

👉 testga kiriş uçun atigi 2 ta hujjat kifoya qiladi:

1) pasportning originali;
2) abituriyent ruxsatnomasi.

‼️ Pasport nusxasi (kopiya), haydovçilik yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar ötmaydi. Albatta pasportning originali bölişi kerak;

👉 abituriyent ruxsatnomasini abitur.dtm.uz saytidagi abituriyentning şaxsiy kabinetidan yuklab oliş mumkin (yöriqnoma);

👉 agar şaxsiy kabinetga kira olmayotgan bölsangiz, unda yanada osonroq yöli abitur.dtm.uz/allow manzilidan ham yuklab olsa böladi;

☝️abituriyent ruxsatnomasida test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami aks etgan böladi;

🖨 abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qoğozga çop etib oliş kerak. Oq-qora rangda çop etsa ham böladi, rangli printerdan çiqariş şartmas;

❗️Abituriyent ruxsatnomasi abituriyent qayd varaği bilan almaştirmaslik kerak. Hujjatning yuqori qismida «ABITURIYENT RUXSATNOMASI» degan yozuv bölişi kerak. Köpçilik «ABITURIYENT QAYD VARAQASI» degan hujjat bilan adaştirib qöyyapti;

📍 testlar qaysi stadion va xiyobonlarda bölişi hamda ularning joylaşgan joyini mana bu sahifa orqali köriş mumkin:
https://dtm.uz/page/stadionlar_2020

✏️ testga ruçka olib boriş şart emas, öşa yerda tarqatişadi;

👕 testga kiriş uçun talab etilgan aniq bir kiyim (forma) yöq. Abituriyentlar öziga qulay körinişda kiyinişlari mumkin, kiyim rangi ham muhim emas;

👉 testda 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta savol beriladi. 1-fan uçun 3,2 ball, 2-fan uçun 3,1 ball. Maksimal töplaş mumkin bölgan ball - 189 ball.

⏰ testga jami 3 soat vaqt beriladi (javoblarni böyaş şuning içida). Xorijiy tilda imtiyozga ega bölgan abituriyentlarga 1 ta fan uçun 1 yarim soat vaqt beriladi (javoblarni böyaş şuning içida);

⛔️ karantin talablari sababli joriy yilda test sinovlarida ota-onalar uçun kutib turiş joylari qilinmaydi, şu sababli imkon qadar kuzatuvçilarsiz borişga harakat qiling;

✅ uzoq tumanlardan viloyat markazlariga testga borib-keliş uçun maxsus avtobuslar taşkil qilinadi. Bu avtobuslar majburiy emas, istaganlar şaxsiy maşinasida yoki taksida borişi ham mumkin;

📹 test jarayonlarini test2020.uz sayti (hozir ham işlab turibdi) yoki maxsus telekanal orqali onlayn tomoşa qiliş mumkin.

🆗 Eng asosiysi test sinovlaridan qörqmang. Hayajon böladi, bu tabiiy, hayajon bölgani bir hisobdan yaxşi ham. Ammo bu vahimaga aylanib ketmasin. Xotirjamlikni yöqotmang, diqqatingizni bir yerga jamlang, içingizda özingiz sevgan duolarni qaytaring, öz bilimingizga işoning.

Barça bilimli abituriyentlarga omad tilayman!

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Mustaqillikning 29 yillik bayrami bilan tabrik

    01 daqiqa

  2. Tavba, yoz tugayapti-ya?

    01 daqiqa

  3. Mustaqillik bayramlari tarixi fotosuratlarda

    02 daqiqa

Yana oʻqing