Test natijalari böyiça apellyatsiya beriş tartibi va muammolari

Matn14-sentabr, 2020, 11:303 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Test yuzasidan apellyatsiya beriş tartibi va muammolari haqida

#abituriyent

Har yili test sinovlari jarayonida norozilar köp böladi. Atigi 15% abituriyent talaba bölgandan keyin, köpçilik orasidan norozilar çiqişi tabiiy. Kamroq ball olgan aksariyat abituriyentlarning aytadigan gapi bir xil: «men zör tayyorlangandim, lekin DTM notöğri hisoblagan, aslida balim baland çiqişi kerak edi».

Boz ustiga ballarni eʼlon qilişda xatolikka yöl qöyilgani haqida berilgan keçagi eʼlon olovga sepilgan kerosin böldi. «Ana, aytmadimmi, menikini ham past çiqardi, qaytadan hisoblasin» degan gaplar köpaydi.

Öz natijasidan norozi bölgan abituriyentlar apellyatsiya şikoyati berişlari mumkin. Hozir şu haqda söz yuritamiz.

Dastlabki muammo, apellyatsiya beriş muddatida. Nizomga köra, apellyatsiya şikoyatlari 21-avgustdan 30-avgustgaça berilişi kerak edi. Ammo pandemiya sabab test sinovlari sentabr oyiga qoldirildi. Xöş, bunday vaqtda apellyatsiya vaqti ham suriladimi? Rasman qaçondan boşlanadi va qaçongaça davom etadi? Bu haqida biror tayinli gap yöq. Buni tezroq belgilaş va eʼlon qiliş kerak.

Ikkinçi muammo, apellyatsiya şikoyatlari yozma yoki elektron şaklda berilişi aytilgan. Ammo elektron ariza berişning aniq tartibi yöq. Ötgan yili info@dtm.uz orqali qabul qilamiz deyişgandi. Ammo bu yaxşi qaror emasligi, apellyatsiyani şaxsiy kabineti orqali yuboriş imkoniyatini beriş kerakligi haqida avval ham yozgandim.

Uçinçi muammo, apellyatsiyada quyidagilarga yöl qöyilmaydi:
• uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va şpargalkalar (luğat, jadvallar bundan mustasno) olib kirişga harakat qiliş yoki olib kiriş;
• apellyatsiya jarayonida test materiallarini boşqa abituriyentga uzatiş, ularga yordam beriş yoki yordam oliş;
• test topşiriqlari kitobining varağini yirtiş.

Telefon yoki noutbuk olib kirsa nima böpti? U özining haqligini isbotlaş uçun kerakli manbalardan qidirsa, buning nimasi yomon? Abituriyent geniymasku, hammasini sözma-söz yoddan biladigan. Axir bu şunçaki apellyatsiya jarayoni-ku, qayta test topşiriş emas!

❗️Apellyatsiyaning umumiy tartiblari:

👉 apellyatsiya şikoyatini beriş uçun Toşkentga keliş şart emas, DTMning hududiy bölimlari manzili mana bu yerda;

👉 abituriyent xabarnomada belgilangan kunda özining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişi şart;

👉 abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topşiriqlari notöğri bajarilgan javoblar röyxati hamda test topşiriqlari kitobi beriladi;

👉 abituriyent özining har bir notöğri deb hisoblangan test topşiriğiga javoblarini yozma ravişda bayon qiladi va apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi;

👉 abituriyentning javoblar varaqasi, test topşiriqlari kitobi DTMga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bölsa, şuningdek, test sinovlaridan çetlaştirilgan yoki özining javoblarini yozma ravişda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya şikoyati körib çiqilmaydi;

👉 apellyatsiya şikoyati faqat abituriyent iştirokida, uning yozma javoblari asosida körib çiqiladi. Ilgari ota-onasi yoki ustozlariga ruxsat berilardi, keyinçalik buni taqiqlab qöyişdi;

👉 abituriyentning yozma javoblari öz tasdiğini topmagan bölsa, şikoyatni rad etiş töğrisida qaror qabul qilinadi;

👉 abituriyent murojaat qilganda unga qarordan köçirma beriladi;

👉 abituriyent qaror ustidan sudga şikoyat qilişi mumkin.

‼️Taklif:

Umuman olganda apellyatsiya tartibi xuddiki DTM xatosi çiqib qolişidan qörqib, atayin abituriyentlarni qiynaş uçun yozilganga öxşaydi.

Menga qolsa, test sinovlari töliq yakunlangandan keyin, abituriyentlarning şaxsiy kabinetida unga tuşgan savollarni töliq eʼlon qiliş kerak. Şunda abituriyentlar qaysi savolga töğri belgiladi, qaysiga notöğri, öqituvçisi bilan birga tekşirib köradi va agar özi xato qilganini körgaç, apellyatsiya berib ham ötirmaydi. Bu minglab asossiz şikoyatlarning oldini oladi, DTMning ham işi kamayadi.

Öz navbatida xato savollarni aniqlaş ham osonlaşadi. Xatoni tan oliş esa mardlik belgisi.

Bu iş oçiqlik va şaffoflikka qöyilgan navbatdagi katta va dadil qadam bölar edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek