Test sinovlari böyiça apellyatsiya beriş tartibi va qoidalari

Matn21-avgust, 2019, 09:273 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugundan test sinovlari yuzasidan apellyatsiya beriş boşlandi. Qoidalar va eʼtirozlar
#abituriyent

Garçi hali yakuniy mandat eʼlon qilinmagan bölsa-da, lekin Nizom böyiça bugundan apellyatsiya jarayonlari boşlanadi. Aslida apellyatsiya beriş uçun abituriyent özining balini bilsa kifoya, yakuniy natija şartmas. Ammo yakuniy natijalar çiqqanda edi, abituriyentlar kirgan-kirmaganligi, bali yetgan-yetmaganligidan kelib çiqib, apellyatsiya beriş fikridan qaytardi. Hozirgi holat DTMning özining zarariga işlaydi. Öşançun Nizomda apellyatsiyani aniq sanadan emas, yakuniy javoblar çiqqan kundan boşlanişini belgilaş kerak.

Apellyatsiya tartibi quyidagiça:

👉 test sinovlari natijasidan norozi bölgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgaça (belgilangan iş vaqtiga muvofiq) apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya şikoyatini beriş huquqiga ega;

👉 Nizomda apellyatsiya şikoyatlari yozma yoki elektron şaklda berilişi aytilgan. Ammo elektron ariza berişning tatibi yöq, faqat yozma (qoğozda) qabul qilişadi. Şuni abituriyentlarning şaxsiy kabineti yoki DTM sayti orqali yölga qöyiş şunçalar qiyinmi?

👉 apellyatsiya şikoyatini beriş uçun Toşkentga keliş şart emas, DTMning hududiy bölimlarida ham bersa böladi. dtm.uz saytida manzillari bor;

👉 abituriyent xabarnomada belgilangan kunda özining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişi şart;

👉 abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topşiriqlari notöğri bajarilgan javoblar röyxati hamda test topşiriqlari kitobi beriladi;

👉 abituriyent özining har bir notöğri deb hisoblangan test topşiriğiga javoblarini yozma ravişda bayon qiladi va apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi;

👉 apellyatsiya şikoyati faqat abituriyent iştirokida, uning yozma javoblari asosida körib çiqiladi. Ilgari ota-onasi yoki ustozlariga ruxsat berilardi, keyinçalik buni taqiqlab qöyişdi;

👉 abituriyentning yozma javoblari öz tasdiğini topmagan bölsa, şikoyatni rad etiş töğrisida qaror qabul qilinadi;

👉 abituriyent murojaat qilganda unga qarordan köçirma beriladi;

👉 abituriyentning javoblar varaqasi, test topşiriqlari kitobi DTMga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bölsa, şuningdek, test sinovlaridan çetlaştirilgan yoki özining javoblarini yozma ravişda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya şikoyati körib çiqilmaydi.

Şu joyida katta eʼtiroz bor. Akt qilinganlarni tuşunsa böladi, ammo nima uçun savollar kitobi yöqolgan yoki yirtilgan bölsa, buning jabrini abituriyent körişi kerak? Uning nima aybi bor? DTM va uning vakillari şunga javobgarmi, marhamat, ular javob bersin bunga. Uşbu qoidani qayta körib çiqiş kerak;

👉 apellyatsiyada quyidagilarga yöl qöyilmaydi:
• uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va şpargalkalar (luğat, jadvallar bundan mustasno) olib kirişga harakat qiliş yoki olib kiriş;
• apellyatsiya jarayonida test materiallarini boşqa abituriyentga uzatiş, ularga yordam beriş yoki yordam oliş;
• test topşiriqlari kitobining varağini yirtiş.

Şu joyi ham tuşunarsiz. Olib kirsa nima böpti? U özining haqligini isbotlaş uçun kerakli manbalardan qidirsa, buning nimasi yomon? Abituriyent geniymasku, hammasini yoddan biladigan. Axir bu şunçaki apellyatsiya jarayoni-ku, qayta test topşiriş emas!

👉 abituriyent qabul qilgan qaror ustidan sudga şikoyat qilişi mumkin.

P.S.: umuman olganda apellyatsiya tartibi faqat DTMning foydasini közlab, abituriyentlarni qiynaş uçun yozilganga öxşaydi. Xuddiki xatosi çiqib qolişdan qörqib, atayin şunaqa qiyin jarayonni yaratişgan, deb öylaşga asos bor.

Apellyatsiya jarayonlari oçiq va oşkora, abituriyentlar uçun barça erkinliklar va şaroitlar yaratilgan holatda bölişi kerak. Xuddi qamoqxonaga kirgizib, “qölingdan kelsa, qoçib çiqib ket” degan mazmunda emas. Özbeklarda “oşing halol bölsa, köçada iç” degan naql bor. Xuddi şunaqa DTM öziga işonsa, apellyatsiya jarayonlarini töliq oçib taşlaşi kerak.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Qöqon nodavlat universiteti taşkil etildi

    01 daqiqa

Yana oʻqing