Qöqon nodavlat universiteti taşkil etildi

Matn20-avgust, 2019, 15:271 daqiqa0 koʻrish

​​Qöqon nodavlat universiteti taşkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 17.08.2019-yildagi 683-sonli qarori bilan Qöqon universiteti faoliyati yölga qöyildi.

Universitet nodavlat oliy taʼlim taşkiloti hisoblanadi.

Universitetda öqitiş Özbekistonda amaldagi mavjud taʼlim şakllarida özbek, rus va ingliz tillarida tölov-kontrakt asosida, 2019/2020-öquv yilidan boşlab amalga oşiriladi.

Har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda özlaştiriş körsatkiçlari yuqori bölgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 nafardan kam bölmagan abituriyentlar öqişga qabul qilinadi.

Universitet bitiruvçilariga Özbekistonda oliy maʼlumot töğrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

2022-yil 1-avgustga qadar Universitet barça turdagi soliqlarni tölaşdan ozod etiladi.

Universitet Qöqon şahri, Turkiston köçasi, 28-a uy manzilida joylaşgan Qöqon servis va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining binosiga joylaşadi.

Universitetda qanday yönalişlar böyiça neça nafar talaba oladi, imtihonlari qay tartibda böladi, kontrakt miqdori qança va şu kabi savollarga hozirça javob yöq. Tez orada reklamalari çiqib qolsa kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek