Özbekistonda Akfa universiteti taşkil etildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganAkfa universiteti taşkil etildi
Bu haqida Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Hukumat qarori bilan taşkil etilgan Akfa universitetida fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Universitetda taʼlim jarayoni ingliz tilida yetakçi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.
Mendagi maʼlumotlarga köra, universitet Janubiy Koreyaning Gaçon universiteti bilan hamkorlikda taşkil etilgan.
Maʼlumot uçun: Gaçon universiteti ARWU xalqaro reytingida 801-900-örinlarda qayd etilgan. QS xalqaro reytingida esa, Osiyo universitetlari orasida 401-450-örinlarni egallab turibdi.
P.S.: mazkur xabar atrofida ijtimoiy tarmoqlarda turliça fikrlar bildirilmoqda. Masalan, "hammayoq Akfa bölib ketdi", "kun tuğsayam, oy tuğsayam şularga ekanda", "bular aralaşmagan yana qayer qoldi" kabi izohlarni uçratiş mumkin. Ammo salgina mantiqan öylab qaraydigan bölsak, aslida xususiy universitetlarning köpayişi har qanday bunaqa mayda gaplardan ustun turadi va döppimizni osmonga otib xursand böladigan yangilik.
Bölib ham Özbekiston şaroitida zamonaviy taʼlim berişni maqsad qilib qöygan, zamondan 100-yillarga orqada qolay degan taʼlim tizimimizga yangi havo va nafas olib kirişga qaratilgan har qanday loyihani quçoq oçib, oçiq yuz bilan kutib olişimiz kerak. «Akfa» kompaniyasiga bölgan şaxsiy munosabatlarimiz esa öz yöliga.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

