Toşkentda Diplomat university oçilişi mumkin
“Diplomat university” nomli universitet oçilişi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan Hukumat qarori loyihasiga köra Toşkentda yangi «Diplomat university» nomli xususiy universitet oçilişi mumkin.
Universitetda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, huquqşunoslik va xalqaro munosabatlar yönalişlarida taʼlim berilişi közda tutilgan.
Şuningdek, «Diplomat university»ga «The times higher education» TOP-1000 reytingiga kiritilgan çet el universitetlarining Özbekistondagi filialini oçiş huquqi beriladi.
Loyihada, universitet bitiruvçilariga respublikada oliy maʼlumot töğrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan diplom berilişi aytiladi.
Agar uşbu qaror tasdiqlanadigan bölsa, fuqaro Dilşod Saydamenov taʼsisçiligidagi «Diplomat university» MÇJ 2022-yil 1-avgustga qadar barça turdagi soliqlarni tölaşdan ozod qilinişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3


